Mehri Hirotiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mehri Hirotiy – fors-tojik shoirasi. Shohrux Mirzoning shaxsiy tabibi Xoja Abdulazizning xotini. Goʻzal, yaxshi tahsil olgan, jasur va hozirjavob bu ayol Gavharshodbegim bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Tilining oʻtkirligi va fosh qiluvchi badiha sheʼrlari tufayli tuhmatga uchrab, Shohrux tomonidan hatto zindonga ham tashlangan. Ozodlikka chiqqach, saroy bilan aloqasini butkul uzadi[1].
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida quyidagi baytni Mavlono Sulaymonga nisbat berib keltirar ekan, shunday yozadi: “Va mashhur mundoqdurkim, bu abyot Mavlono Hakim tabibning xotuni Mehriningdur. Va faqir siqa eldin eshittimkim, Sulaymonningdur. Vallohu aʼlam”:
Guftam az madrasa pursam sababi hurmati may,
Dari har kas, ki zadam, bexud-u loyaqil bud[2].
(Mazmuni: Mayning nega haromligi sababini soʻray deb, madrasa ahlidan kimning eshigini qoqmay, hammasi mast-u behush edi).
Shoira Mehri Hirotiy 1449-yilda Hirotda vafot etgan. Uning sheʼrlarini Farida Afroʻz oʻzbek tiliga tarjima qilgan[3].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. Sharq NMAK, 2016.
- ↑ Alisher Navoiy. Majolis un-nafois.
- ↑ „Afroʻz Farida“. Qaraldi: 2023-yil 8-may.