Meksika boʻrisi[1] - Boʻrilarning Canis lupus[2] kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Janubiy-sharqiy Arizona, Janubiy New Mexico va Meksikaning shimoliy hududlarida yashaydi. U bir paytlar gʻarbiy Texasda ham tarqalgan. Katta ehtimol bilan uning ajdodlari Shimoliy Amerikadagi birinchi kulrang boʻrilardan boʻlgan. U xalq orasida lobo nomi bilan ham tanilgan. AQSHning 1972-yildagi Endangered Species Act qonuniga asosan yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kiritilgan.

Meksika boʻrisi
Meksika boʻrisi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus baileyi
Canis lupus baileyining tarqalishi
Canis lupus baileyining tarqalishi

Tashqi koʻrinishi tahrir

 
Meksika boʻrisining bosh chanogʻi

U Shimoliy Amerikadagi kulrang boʻrilarning eng kichigi boʻlib[3], turdoshi C. l. nubilusga oʻxshab ketadi. Ammo kichik jussasi, tor bosh chanogʻi va nisbatan toʻq yungi bilan ajralib turadi. Yungi sargʻish-kulrang, orqasi va dumi esa qora tusga ega.

Yashash tarzi tahrir

 
Meksika boʻrisi va boʻri bolalari

Meksika boʻrisi dunyodagi qolgan boʻrilar kabi yirik tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi. Rocky Mountain bugʻusi boʻri ozuqasining 76-80%ini tashkil qiladi. Shu jumladan u xachir kiyik, oq dumli kiyik, pekari kabi Shimoliy Amerikaga xos turlar va boshqa quyon va olmaxon kabi kichik sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Chorva mollari oʻtlaydigan yerlarda ozuqasining 16%iga yaqinini chorva mollari tashkil etadi.[4] Meksika boʻrisi yashaydigan yerlarda boshqa etxoʻrlar ham yashaydi. Ular togʻ sherlari, qora ayiqlar, koyotlar, yovvoyi mushukalar, qizil va kulrang tulkilardir.[5]

Hozirgi aholisi tahrir

Fish and Wildlife Servicesning aniqlashicha 2023-yil 28-fevral holatiga Janubi-gʻarbiy Amerikadagi erkinlikdagi meksika boʻrilarining soni 241taga yetgan. Ularning 136tasi New Mexicoda and 105tasi Arizonada. Boʻri bolalarining yillik yashab ketish darajasi 67%ni tashkil etdi. 109ta boʻriga (boʻrilarning 45%ida) ularni monitor qilish va boshqarish uchun boʻyinbogʻlar taqilgan. 2022 yili 2017-yildan beri eng kam oʻlim (12ta oʻlim) qayd etilgan yilga aylandi. Tutqunlikdagi jami Meksika boʻrilari soni 380tani tashkil etgan.[6] Meksikada esa 45ga yaqin ushbu turdagi boʻrilar mavjud.[7]

Manbalar tahrir

  1. "Canis lupus baileyi". explorer.natureserve.org.
  2. Wozencraft, W. C. (2005) "Order Carnivora". In Wilson, D. E.; Reeder, D. M. Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference (3-nashr). Johns Hopkins University Press. 575–577 bet. ISBN978-0-8018-8221-0 url=https://books.google.com/books?id=JgAMbNSt8ikC&pg=PA576
  3. Mech, L. David. he Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — p. 350 bet. ISBN 0-8166-1026-6. 
  4. "Conserving the Mexican Wolf | U.S. Fish & Wildlife Service". FWS.gov. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
  5. "Apache-Sitgreaves National Forest - National Forest Foundation" www.nationalforests.org. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
  6. "Mexican Wolf Numbers Soar Past 200 | U.S. Fish & Wildlife Service". FWS.gov. 2023-yil 27-fevral. Qaraldi: 2023-yil 28-fevral
  7. "Mexico releases two pairs of endangered gray wolves - Albuquerque Journal". FWS.gov. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.