Mennonitlar - XVI asrning 30-yillarida anabaptizmdan ajralib chiqqan va o‘z nomlanishini rahbari gollandiyalik ruhoniy Menno Simonsdan oldilar. Mennonitlar har qanday zo‘rlashni gunoh deb hisoblaydilar, mo‘min bo‘lishni, yomonlikka zo‘rlikni qarshi qo‘ymaslikni targ‘ib qiladilar. Baptist va anabaptistlar singari cho‘qintirishni katta bo‘lganda o‘tkazishni to‘g‘ri deb biladilar, chunki ijodkor e’tiqod faqat katta kishilarda bo‘lishi mumkin deb hisoblaydilar. Xristianlikda qabul qilingan vino va non bilan tamaddi qilish marosimidan tashqari o‘ziga xos g‘ururni tiyish timsoli bo‘lgan bir-birining oyog‘ini yuvish marosimi ham mavjud. Diniy jamoaning barcha cho‘qintirilgan a’zolarining tengligiga qaramasdan mennonitlar o‘rtasida ruhoniylar ham bor. Menonnitlar Isonining yerga ikkinchi marta qaytib kelishi va kelajakdagi Xudoning Yerdagi saltanati haqidagi tasavvurlarga ega. Inson taqdirining oldindan belgilanganligi haqidagi g‘oyani tan olmaydilar. Ularning fikriga ko‘ra, inson erkin irodaga ega[1].

Manbalar tahrir

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 291.

Adabiyotlar tahrir

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.