Mercédès Jellinek (talaffuzi: Mersedes Yellinek, 16-sentyabr 1889-yilda tavallud topgan)[1] – Avstriyalik tadbirkorning qizi, uning ismi sharafiga „Mercedes“ avtomobillar markasi nomlangan.

Mercédès Jellinek
Tavalludi 16-sentyabr 1889-yil
Vafoti 23-fevral 1929-yil(1929-02-23)
(39 yoshda)
Vena, Avstriya
Fuqaroligi Avstriya
Otasi Emil Jellinek

Biografiyasi

tahrir

Otasi Emil Jellinek avstriyalik bankir va Gottlib Daymlerga tegishli avtomobil ishlab chiqarish korxonasining hamkori boʻlib, ushbu korxonada ishlab chiqariladigan mashinalar seriyasini qizining ismi bilan nomlagan.

1902-yilda „Mercedes“ soʻzi rasman savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shu yilning oʻzida Parijdagi avtomobillar koʻrgazmasidagi stendda Mercedesning portreti ilingan edi.

Mercedec Venada yashagan va ikki marta turmush qurib, ajrashgan[2]. Suyak saratoni tufayli 1929-yilda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „1889: A Luxury Car's Namesake Is Born“ (en). Haaretz. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  2. Krebs, Michelle. „Her Name Still Rings A Bell“. The New York Times (2001-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.

Havolalar

tahrir