Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasi

(Mesopotamiya havzasidan yoʻnaltirildi)

Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasi, Mesopotamiya havzasi — shim.gʻarbdan jan.sharqqa (shim.da Sharqiy Tavr togʻ oldilaridan jan.sharqda Arab dengizigacha) 2500 km masofaga choʻzilgan. Neft va gaz konlari perm, yura, boʻr, paleogen va neogen davrlariga oid gumbaz va kumtoshlar bilan bogʻliq. Neft va gaz konlarining strukturasi gumbaz va braxiantiklinallardan xamda valsimon koʻtarilmalardan iborat. Neft va gaz toʻplamlarining katta kismi, asosan, 1800–3000 m chuqurlikda. Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasin.h. dunyoda eng katta havzalardan boʻlib, Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Ummon, BAA, Quvayt, Bahrayn va Katar davlatlari, qisman Turkiya va Suriya hududida joylashgan; havzaning kichikroq jan.sharqiy qismini Fors qoʻltigʻi suvlari egallagan. Umumiy maydoni 1 mln. km², shu jumladan, 300 ming km² akvatoriyadan iborat. Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasin.h. — neft va gazning noyob konsentratsiyali oblasti, 1940-yillardan boshlab dunyoning neft qazib chiqaruvchi regionlari orasida yetakchi mavqega ega. Birinchi neft koni MasjidiSulaymon 1908 i.da topilib, 1911-yildan ishga tushirilgan, birinchi gaz koni Fors 1965-yilda ochilgan. Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasin.q.da 400 dan ziyod neft va gaz hamda 55 gaz konlari, shu jumladan, 36 neft va 6 gaz gigant konlari mavjud boʻlib, har biri 300 mln.t. neft va 500 mlrd.m3 ^gazning boshlangʻich zaxirasiga ega. Yirik neft konlari: Katta Burgan (9140 mln.t.), Gavar (10136 mln.t), Rumayla va Shimoliy Rumayla (3783 mln. t), SaffaniyaXafji (3451 mln.t); gaz konlari — Kengan (820 mlrd. m3), Fors (2120 mlrd. m3), Shimoliy (6000 mlrd.m3 gacha) va boshqa