Messaluna
Messaluna (italyancha: mezzaluna, TIV(ital.) : [ˌmɛddzaˈluːna]) ikki uchi tutqichli bir yoki bir nechta egik tigʻlardan yasalgan pichoq[1], mahsulotlarni maydalash pichoqni ikki tomonga galma-gal bosish bilan amalga oshiriladi[2]. Odatda bu turdagi pichoqlar bir tigʻli boʻladi, ammo ikki va uch tigʻlilari ham bor[3].
Nomlanishi
tahrirItalyancha Messaluna soʻzi tigʻ shaklidan kelib chiqqan holda „Oy yarmi“ yoki „yarim oy“[4] degan maʼnolarni anglatadi. Italiyadan tashqarida u asl nomi bilan ham, „maydalash pichogʻi“, „silkigich“, „koʻkatlar pichogʻi“, „maydalgich“, „chopper“ deb ham ataladi[2].
Qoʻllanilishi
tahrirMessaluna odatda koʻkatlar yoki sarimsoqpiyozni maydalash uchun ishlatiladi, lekin pishloq va goʻsht kabi boshqa mahsulotlarni maydalash uchun ham ishlatilishi mumkin. Pichoqning juda katta, bir tigʻli turlaridan pitssani kesishda foydalaniladi[4]. Italiyada soffito, pesto va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda uchbu pichoq qoʻllanadi.
Kesish taxtasi
tahrirMessaluna chuqurchaga ega boʻlgan maxsus kesish taxtasi bilan birga sotilishi mumkin[4].
-
Bitta pichoqli Mezzaluna mini
-
Ikki pichoqli Mezzaluna
-
Mezzaluna uchta pichoqli
-
Mezzaluna beshta pichoq bilan
-
Mexaniklashtirilgan mezzaluna
Manbalar
tahrir- ↑ „The blade boutiue: Mezzaluna“, The Cook's store: how to buy and use gourmet gadgets, Fireside book. New York: Simon and Schuster, 1978 — 47-bet. ISBN 9780671245894.
- ↑ 2,0 2,1 Вероника Горохова. „Нож-меццалуна“. Вокруг Света (июнь 2011).
- ↑ Hesser, Amanda. TEST KITCHEN; A Half Moon That Brightens Kitchen Labors // The New York Times. — 2002. — ISSN 0362-4331.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Меццалуна“, Кулинарная энциклопедия. Комсомольская правда, 2016. ISBN 9785040537105.