Metasekvoyya
Taksodiydoshlar (Taxodiaceae) oilasi tarkibidagi turlar baland oʻsuvchi yirik ninabargli daraxtlardir. Oilaning vakillari ikki uyli, ayrim jinsli. Bu oilaning 9 turkumi boʻlib, ularning tarkibida 15 tur bor.[tahrir | manbasini tahrirlash]
sekvoyyaning umumiy barg kurinishi
Sekvoyyadendron (Seguoiadendron) turkumi. Turkumda bitta yagona tur boʻlib, u gigant sekvoyyadendron (Seguoiadendron giganteum, Lindl.) yoki mamont daraxti deb ataladi. Bu katta daraxt boʻlib, boʻyi 100-120 metr, diametri 10-12 metr. 2000-yildan 4000-yilgacha yashaydi. SHox-shabbasi keng, piramida shaklida, doimo yashil tusda. Qubbalari ikkinchi yili yetiladi. Urugʻi mayda, yupqa, oval shaklida, tiniq sariq rangda, ingichka qanotchali.1gramda 2800dona urug’ bor. Gigant sekvoyyadendron urugʻidan koʻpayadi.Ildizdan bachkilashi, toʻnkasidan oʻsib chiqishi ham mumkin. Qalamcha va payvand yoʻli bilan koʻpaytirilsa ham boʻladi. Qrim, Kavkaz, Markaziy Osiyoga introduksiya qilingan. Vatani SHimoliy Amerikaning Tinch okeani sohillari va janubiy shtatlari boʻlib, tabiiy tarqalgan hududida 2-3 ming yillik daraxtlari saqlanib qolgan. U yorugʻsevar daraxt hisoblanadi. Ildizi baquvvat boʻlib, chuqur joylashadi. Uning yogʻochi sifatli va qattiq boʻlib, suvda va zaxda chirimaydi.
Sekvoyya (Seguoia) turkumi. Bu turkumning bitta turi boʻlib, u doim yashil sekvoyya (Seguoia sempervirens Endl.), deb ataladi, uning balandligi 113 metrga, diametri 10 metrga yetadigan ulkan daraxtdir. Tanasi tik oʻsadi, shox-shabbasi tor konussimon shoxlangan. Barglari doim yashil novdada ikkitadan joylashgan uzunligi 4-7 sm eni 3–5 mm, daraxtning yuqori va pastki qismlarida barglari mayda. Sekvoyya urugʻidan koʻpayadi. Qubbalari mayda 3 sm, oval yoki yumaloq shakilda. Birinchi yili pishib yetiladi. U Kavkazda, Qora dengiz sohillariga introduksiya qilingan va yaxshi oʻsadi.
Oʻq va yon ildizlari baquvvat rivojlanadi. Doim yashil sekvoyya SHimoliy Amerikaning Tinch okeani qirgʻoqlarida koʻp tarqalgan boʻlib, dengiz sathidan 600–900 m balandliklarda oʻsadi, 2000-yilgacha yashaydi. Bu tur -100C gacha boʻlgan sovuqlarga bardosh beradi. Qora dengiz sohillarida u manzarali daraxt sifatida koʻplab ekilgan. Respublikamiz sharoitida keskin kontinental iqlimdan va sovuqdan zararlanadi.
Metasekvoyya (Metaseguoia) turkumi. Bu turkumning bitta gliptostrobussimon metasekvoyya (Metaseguoia glyptostroboides Mu.et.Cheng.) turi bor. U katta daraxt boʻlib, vatanida boʻyi 50 metrga, diametri 2 metrga yetadi. SHox-shabbasi tuxumsimon, simpodial tipda shoxlanadi. Shoxlari uzun va kalta bo’lib, yon shoxlari yashil va ularni qishda tashlaydi. Po’stlog’i jigarrang. Novdada barglari qarama qarshi joylashgan qishda barglari toʻkilib ketadi. Metasekvoyya bir uyli relikt oʻsimlik. Metasekvoyya urugʻidan koʻpayadi, bir uyli. U oʻqildiz va yon ildizlar chiqaradi. Uni qishki qalamchasidan koʻpaytirish mumkin.Metasekvoyyaning qoldiqlari Yaponiya va Xitoyda uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan. Bu tur uzoq geologik oʻtmishda Markaziy Xitoyning gʻarbiy tumanlarida yirik oʻrmonlar hosil etgan holda oʻsgan. U tabiatda soyaroq, nam yerlarda, togʻ qiyaliklarida, daryo qirgʻoqlarida, qumoq, kislotali tuproqlarda oʻsadi. Metasekvoyya hozirgi paytda Xitoyda shaharlarni koʻkalamzorlashtirishada koʻp ekiladi. Toshkent shahrida sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamliligi aniqlangan.Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirishda keng foydalanilmoqda, mahalliy sharoitlarda yaxshi oʻsmoqda. Yogʻochi sifatli, yaxshi mexanikaviy va fizikaviy xususiyatlarga ega
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |