Metropoliten loyihalash
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2023-06) |
Metropoliten yoʻnalishlarini loyihalash — metropoliten yoʻnalishlarini loyihalash uchun asosiy materiallarga: metropoliten trassasi boʻyicha muhandis-geologik qidiruv natijalari haqida maʼlumotlar; shaharning qurilgan va loyihalanayotgan qurilish maydonlari, yerosti kommunikatsiyalari tushirilgan monografik rejasi va profili; shahar jamoat transportining boshqa turiari haqida maʼlumotlar hamda metropoliten yoʻnalish (liniya)lari trassalarining toʻgʻri tanlanishiga taʼsir koʻrsatadigan boshqa maʼlumotlar kiradi. Metropoliten trassasini loyihalashtirishning birinchi bosqichda shahar transportining kompleks rivojlanishini inobatga olgan holda metropoliten yoʻnalishining bosh sxemasi ishlab chiqiladi, bunda alohida yoʻnalishlar qurilishining navbati ham aniqlanadi. Odatda, bu ishlar shaharlar rivojlanishining bosh rejalarini ishlab chiqaruvchi loyihalash institutlari yoki ular ishtirokida metropolitenlarni loyihalashtirish boʻyicha ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajariladi. Oxirgi bosqichga metropoliten liniyalarining alohida navbatdagi quriishini qismlarga boʻlgan holda (detalli) loyihalashtirish boʻyicha yoʻllar kiradi. Trassaning alohida yoʻnalish (linya)larini loyihalashda metropoliten bekatlarining joyini toʻgʻri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Metropoliten bekatlariga kirish-chiqish joylarining. vestibyullar, eskalator tunellarining, shamollatish (ventilyasiya) kioskalar va hokazo. iarning konstruktiv yechimlari ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Metropoliten yoʻnalishlari va bekatlari, asosan, yer ostidagi sayoz va chuqur joylashgan tonellarga quriladi. Tigʻiz qurilish maydonlariga ega boʻlgan markaziy rayonlarda metropoliten trassalari, asosan, yer ostidan oʻtadi, lekin baʼzi hollarda yerosti trassalari estakadali yoki yerusti uchastkalari bilan almashinadi. Bunday holatlarni qurilish maydonlari chegarasidan chiqish joylarida kuzatish mumkin. Kam mablagʻ va xarajat sarflanadigan yerosti liniyalari shunday holatlarda yoki vaziyatlarda loyihalanadiki, agar yoʻnalish (liniya)ni oʻtkazish boʻyicha qulay polosani ajratish imkoniyati va bu polosa oʻqi hudud qurilish maydonlaridan kamida 60 metr uzoqlikda boʻlishi talab etiladi. Yerosti yoʻnalishlarining (estakadali tipi) katta shovqin chiqarishi tufayli ularni, yaʼni yerosti yoʻnalishlari kesishgan joylarning ustiga qisqa uchastkada va suv ariqlari, anhorlar ustiga quriladi. Yerosti liniyalarining yana bir kamchiligi shundaki, estakadaning tayanchlari anchagina fazoviy kenglikni toʻsib qoʻyadi. Yerosti liniyalarining sayoz joylashgan uchastkalari iqtisodiy jihatdan samaraliroq boʻlib, yoʻlovchilar uchun ham qulayroqdir, biroq ularning kamchiligi yerosti muhandislik tarmoqlari yotqizilgan zonadagi koʻcha magistrallari tagidan oʻtkazilishining zararligi hamda bino poydevorlari ustivorligining buzish xavfi borligidadir. Chuqur joylashtiriladigan yoʻnalishlarni shaharning koʻp qavatli tigʻiz qurilish maydonlariga ega boʻlgan hududlarining texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanishiga muvofiq ravishda loyihalashtiriladi. Baʼzida ularning yoʻnalish (liniya)larini qurish uchun noqulay boʻlgan geologik va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda sayoz joylashtirishga toʻgʻri keladi.[1]Metropoliten yoʻnalish (liniya)larining faqat oʻzaro va boshqa turdagi transport yoʻllarda loyihalashgan joylar, yaʼni uchastkalar har xil sathlarda loyihalashtiriladi. Bunda tashqi metropoliten yoʻnalish (liniya)lari har qanday hollarda piyodalar oʻtish yoʻllaridan toʻliq izolyasiyalangan boʻlishi lozim. Metropoliten tarmoqlarining mumkin boʻlgan prinsipial sxemalari uchta:
- ajratilgan yoʻnalishlar, oxiri tarmoqlangan uchastkalarga ega boʻlgan
- ajratilgan yoʻnalish (liniya)lar
- oʻzaro bogʻlangan yoʻnalishlar. Bizda faqat
birinchi va ikkinchi tiplar qoʻllanadi. Uchinchi sxemada poyezdlarning harakatini tashkil etish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlib, bu sxema yoʻlovchilar uchun qoshimcha qulayliklar yaratsada, lekin kam oʻtkazish qobiliyatiga va poyezdlar harakati xavfsizligining kamayishi bilan xarakterlanadi. Birinchi sxema harakat xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan yaxshiroq, lekin bu sxemada bir yoʻnalishdan boshqasiga oʻtish yoʻllarining tashkil etishi talab etiladi. Ikkinchi sxema yuqorida keltirilgan koʻrsatkichlarning oraliq oʻrinlarini egallaydi.
Metropoliten trassalarini loyihalash
tahrirBosh sxemada belgilangan, alohida joylashtiriladigan yoʻnalishlarning yoʻnalishiga muvofiq oldindan muhandis-geologik izlanish ishlari olib boriladi, bu izlanishlar natijalariga asoslanib, metropoliten tonnellarining joylashish chuqurligi, ularning rejaviy (plandagi) va profil joylashishi belgilanadi hamda ishlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq metodi tanlanadi. Shahar planirovkasining oʻziga xos jihatlarini, shahardagi alohida hududlarning rivojlanishini, markazlarning ahamiyatini va joylashishini hamda ularga aholining qatnash koʻlamini, yoʻlovchilar oqimining mavjud yoʻnalishlar va kelgusida rejalashtirilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha miqdorini yoki sonini hisobga olgan holda metropoliten yoʻnalishlari trassalantiriladi, yaʼni trassalarning yoʻnalishlari aniqlanadi. Agar koʻchalar (yer ustida) boʻylab jamoat transportlarining turlarini loyihalashda alohida magistrallar boʻyicha yoʻlovchilarni oqimi asosiy koʻrsatkich boʻlsa, metropoliten yoʻnalishlarini loyihalashda hududlar oʻrtasida harakatlanadigan transportlarda kelayotgan yoʻlovchilar oqimi miqdori boshlangʻich asos boʻladi. Yoʻnalish trassasini loyihalashtirishda metropoliten yoʻnalishi turi sxemasini tanlash masalasi toʻla-toʻkis yechiladi. Birinchi navbatda kam sarf xarajat talab qiladigan yer boʻyicha inshootlarni qurish imkoniyati va ularning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Agar yer boʻyicha yoʻnalishlari qurish imkoni boʻlmasa, u holda yerosti yoki yerusti yoʻnalishlarining mumkin boʻlgan variantlari koʻrib chiqilishi lozim. Tashabbusni sayoz joylashadigan yoʻnalish (liniya)larga qaratish taqozo etiladi. Metropolitenning chuqur joylashtiriladigan, trassalari yerusti qurilishining joylashishiga bogʻliq boʻlmagan holda, yaʼni yer ustidagi binolar qanday joylashishidan qatʼiy nazar qisqa yoʻnalishlar boʻyicha loyihalashtiriladi; yerusti qurilishi faqat ogʻma, kirish joylari va vestibyullarni loyihalashda inobatga olinadi. Qoidaga koʻra, magistral koʻchalar joylashgan zonaning tagiga quriladigan sayoz yoʻnalishlardan farqli oʻlaroq, chuqur liniyalarda egri uchastkalarning radiusi katta boʻlmasligi mumkin. Chuqur joylashgan yoʻnalishlarning bunday, hech bir eʼtirozsiz ustunliklariga qaramasdan iqtisodiy jihatdan va yoʻlovchilar uchun koʻp qulayliklarga ega boʻlgan sayoz liniyalarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Metropoliten tonellarining gabaritlari: eni 2,7 m, balandligi 3,7 m. Ular 2,1 m uzunlikka ega boʻlgan bikr baza bilan umumiy uzunligi 19,2 m boʻlgan vagonlarga hisoblangan. Yoʻnalishlarni bitta yoʻli ikkita tonnel (ishlarning yopiq usulida) yoki ikki yoʻlli tonnel koʻrinishida boʻladi (odatda ishlarning ochiq usulida) mavjud.
Metropoliten trassalarining boʻylama profili
tahrirMetropoliten yoʻlining bekatlar orasidagi eng katta ogʻmaligi (nishabi) 40%, eng kichik ogʻmaligi (nishabi) 3% da qabul qilinadi. Bekat yoʻllarining boʻylama profilda gorizonital maydonga yoki 3-5% li bir tomonlama nishab boʻyicha joylashtiriladi. 3000 metrdan 5000 metrgacha boʻlgan oraliqlarning ogʻmalari, yaʼni nishablari oʻzaro birlashgan joylarda 2000 m dan 3000 m gacha boʻlgan oraliqning bekat bilan birlashgan joylaridagi ikki nishab kesishishining algebraik farqi 5% dan yuqori boʻlmaganda vertikal ogʻirlik radiusi ogʻmaligi 5% dan oshmaydigan va uzunligi 50 m dan kam boʻlmagan pastavkalar bilan amalga oshiriladi. Boʻylama profil elementining uzunligi poyezdning hisoblangan uzunligidan kam boʻlmasligi lozim. Poyezdning toʻxtagandan keyingi harakatlanishini va toʻxtashdan oldin tormozlanishini yengillashtirish uchun bekatlarni gorizontal toʻgʻri chiziqli profillarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Bunday joylashtirish elektr energiya sarfini qandaydir miqdorda kamaytirish imkonini beradi. Yoʻnalishli oʻtishlar (bir liniyadan boshqasiga oʻtish joylari) 5% dan katta boʻlmagan, ilojsiz hollarda esa 10% gacha boʻlgan nishabli profillarga joylashtiriladi.[2] [3]
Metropoliten bekatlarini joylashtirish
tahrirBekatlar yoʻlovchilarning yirik oqimlari hosil boʻlishi mumkin boʻlgan joylarga joylashtiriladi: metropoleten liniyalarining shahar transporti magistrallari kesishadigan markaziy maydonlarga, temiryoʻl vokzallari va platformalar, yirik stadionlar, shaharning dam olish va madaniyat-istirohat bogʻlari yoniga, metropoliten yoʻnalish (liniya)larining oʻzaro kesishadigan joylariga, shahar atrofidagi temir va tramvay yoʻllaridagi bekatlar yoniga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bekatlar orasidagi masofa odatda, 1,5-2,0 km uzunlikda qabul qilinadi. Bekatlarni qoidaga koʻra toʻgʻri uchastkalarga, ilojsiz hollarda radiusi 800 m dan kam boʻlmagan egri joylarga ham joylashtirish mumkin. Sayoz joylashgan yoʻnalishlardagi bekatlar shahar koʻchalari va qurilishsiz maydonlar tagiga joylashtiriladi, liniyalaming chuqur joylashishida esa bekatlarni qurilishi mavzelar ostiga joylashtirilishi mumkin.
Bekatlarning joylashuvidagi rejasi
tahrirMetropolitenni qurishda joylashish chuqurligini tanlashda va temiryoʻllarning shahar osti boʻylab chuqur, yaʼni uzun masofalatga kirib borishi odatda birqancha omillarning majmuasi boʻyicha aniqlanadi, bu omillarni ikkita katta guruhga boʻlish mumkin: qurish va foydalanish.
- Birinchi guruhga: omillariga shahar qurilishi va gidrogeologik sharoitlar, joyning relyefi, konstruksiyalarni va ishlarni olib borishning usulini tanlash, tiklash qulayliklari, qurilishning tannarxi va shunga oʻxshashlar kiradi.
- Ikkinchi guruhga: yoʻlovchilar uchun qulayliklar, xavfsizlik, ishonchlilik, yoʻlovchilar vaqtining sarfi, xabarlar va harakatlanishning amalga oshirilish tezkorligi. foydalanishdagi sarf-xarajatlar va hokazolar.
Issiq iqlimli (yoki sovuq iqlimli) shaharlardagi metropolitenlarda tonnellar bilan almashinadigan ochiq uchastkalar nafaqat isib ketishning (sovuq oqim kirishining) oldini olish, balki harakatlanuvchi sostavga nohush sirlar koʻrsatilishi sabablarini hisobga olgan holda quriladi. Keyingi yillarda yer ustidan oʻtadigan liniyalar va bekatlar paydo boʻldi, ularning tom yopmalari yaltiroq materiallardan ishlangan, isitadigan himoyalovchi galeriyalardan tashkil topgan. Bundan tashqari tom yopmalar poyezdlar shovqinining tarqalishiga ham toʻsqinlik qiladi. Yer ustidan oʻtadigan liniyalarning kamchiliklariga unga taalluqli boʻlgan rayonlarni hududlarga ajratilishi va tarqalayotgan shovqinning turar joy binolari va mavzelarga etib bormasligini taʼminlaydigan himoyalovchi oraliqni talab qilinishi va liniyada qatnashning uzaytirilishi (50-80 m ga) va shunga oʻxshash kamchiliklar kiradi.[4]
Galareya
tahrir-
Kalkota. Metropoliten
-
Zamonaviy metropoliten
-
Braziliyadagi eski metropolitan
-
Metropoliten yo'nalishi
Manbalar
tahrir