Meybomiy bezlari (shuningdek, tarzal bezlar, palpebral bezlar va tarzokonyuktival bezlar deb ataladi) tarzal plastinka ichidagi koʻz qovogʻi qirralari boʻylab joylashgan yogʻ bezlari (inglizcha. sebaceous glands) hisoblanadi. Qovoqlarda joylashgan meybomiy bezlari meybum deb nomlanuvchi (inglizcha. meibum) mahsulot ishlab chiqaradi. (Meybumning tarkibi sebumnikidan ancha farq qiladi, asosiy tarkibi yogʻlardan iborat, shuningdek, 90 dan ortiq oqsillar aniqlangan). Yuqori qovoqlarda bu bezlar soni 25ta, pastki qovoqlarda esa 20ga yaqin boʻladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, qovoqlardagi bu bezlar koʻz yoshi bugʻlanishiga toʻsqinlik qiladi. Yopiq qovoqlarni havo oʻtkazmaydigan qiladi.[1] Meybomiy bezlari disfunksiyasi koʻp uchraydigan koʻz kasalligi boʻlib, koʻzning quruqlashishiga (koʻz yoshlari bugʻlanib ketadi) olib keladi. Aynan meybomiy bezlari disfunksiyasi orqa blefaritning ham sababchisi hisoblanadi.[2]

Meybomiy bezlari: yuqorida 25ta, pastda 20ta

Tarixi tahrir

 
1666-yil Genrix Meybom tomonidan tasvirlangan dastlabki bez tuzilishi

Bezlar qadimda Galen tomonidan tilga olingan[3] boʻlsada 1666-yilda nemis shifokori Genrix Meybom tomonidan "De Vasis Palpebrarum Novis Epistola" asarida batafsil tasvirlangan.[4] Bezning nomlanishi aynan nemis shifokori Genrix Meybom sharafiga.

Anatomiya tahrir

Yuqori qovoqda pastki qovoqqa nisbatan son va hajm jihatdan koʻproq meybomiy bezining boʻlishi koʻz yosh "plyonkasi" barqarorligiga koʻproq hissa qoʻshadimi yoki yoʻq haligacha aniq fikr yoʻq. Bezlar kiprik follikulalari bilan bevosita aloqada emas.[5]

Funksiyasi tahrir

Lipidlar tahrir

Lipidlar meybumning asosiy tarkibiy qismi boʻlib "meybom bezlari sekreti" deb ataladi. "Meybum" atamasi dastlab 1981-yilda Nicolaides tomonidan fanga kiritilgan.[6] Meybumning biokimyoviy tarkibi juda murakkab boʻlib, sebumnikidan farq qiladi. Lipidlar inson va hayvonlar meybumining asosiy komponenti sifatida eʼtirof etiladi. Lipidlar koʻz yoshi suyuqligining tez bugʻlanib ketishini oldini oladi, sirt tarangligini pasaytiradi.

Oqsillar tahrir

Odam meybom bezlari sekretlarida 90 dan ortiq turli xil oqsillar aniqlangan.[7]

Klinik ahamiyati tahrir

Meybomiy bezlari disfunksiyasi koʻpincha quruq koʻzlar holatiga olib keladi.(eng koʻp tarqalgan kasalliklardan biri). Meybomiy bezlarining yalligʻlanishi - meybomit (meybomiy bezlari disfunksiyasi =yoki posterior blefarit) deb ataladi. Natijada bezlar qalin, loyqa va yopishqoq, yogʻli va mumsimon sekret bilan toʻsilib qolishi kuzatiladi. Aslida bezlarning sekreti tiniq boʻladi.[8][9] Quruq koʻzlarga olib kelishidan tashqari, mumsimon tiqin bakterialar tomonidan parchalanishi va natijada koʻzni tirnash xususiyatini beruvchi krepitatsiyalarni hosil qiluvchi erkin yogʻ kislotalarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Meybomiy bezlari disfunksiyasi koʻproq ayollarda uchraydi va quruq koʻz kasalligining asosiy sababi sifatida qaraladi.[10] Meybomiy bezlarining disfunksiyasi odamning yoshi va garmonlarga ham koʻp jihatdan bogʻliq.[11]

Sabablari tahrir

Ko'z qurishi sindromining asosiy sabablari 2 xil bo'lishi mumkin:

  1. koʻz yoshi ajralmasligi
  2. koʻz yoshining tezda bugʻlanib ketishi

Bu ikki sababni taʼminlaydigan faktorlarga esa quyidagilar kiradi: kontakt linzalar, meybomiy bezlar disfunksiyasi, homiladorlik, A vitamini yetishmovchiligi, omega-3 yetishmovchiligi, kam hollarda antigistamin preparatlar, baʼzi antigipertenziv vositalar, tamaki tutuni vahokazolar. Koʻzning quruqlashishi ayollarda koʻproq uchraydi. Davo sifatida asosiy faktorlarni yoʻq qilish, agar jarayon yosh bezlaridagi muammo bilan boʻlsa suniy koʻz yoshlaridan foydalanish, tez bugʻlanish bilan bogʻliq boʻlsa siklosporin, steroidlar, maxsus koʻzoynaklar yordamida olib boriladi. (Albatta, mutaxasis tavsiyasiga binoan).

Simptomlari tahrir

quruqshash

kuyishish

qumli ishqalanishlar

qichishish

koʻzda nimadir borlik hissi

yorugʻlikka taʼsirchanlik

Davolash tahrir

Tiqin hosil qilgan mumsimon sekretni suyultirish hisobiga olib boriladi. Buning uchun iliq kompreslar yoki bolalar (chaqaloqlar) shampunida koʻz qovoqlarini tozalash tavsiya etiladi. Yoki oftalmolog tomonidan maxsus manipulatsiyalar orqali bezlar yoʻli ochiladi. Lifitegrast va restasis dori vositalari odatda, yalligʻlanishga qarshi va meybum sifatini yaxshilash uchun ishlatiladigan dori vositalari hisoblanadi. Baʼzi hollarda mahalliy yalligʻlanishni kamaytirish uchun steroid tomchilardan yoki mahalliy antibiotiklar ham qoʻllash mumkin.[9] Davolashning oxirgi bosqichlarida fizioterapevtik muoalajalar oʻtkazilishi mumkin. Meybomiy bezlarining disfunksiyasiga shuningdek, baʼzi dori vositalari masalan, izotretinoin sabab boʻlishi mumkin.

Manbalar tahrir

  1. "eye, human." Encyclopædia Britannica. Encyclopædia Britannica Ultimate Reference Suite. Chicago: Encyclopædia Britannica, 2010.
  2. Kelly K. Nichols; Gary N. Foulks; Anthony J. Bron; Ben J. Glasgow; Murat Dogru; Kazuo Tsubota; Michael A. Lemp; David A. Sullivan (2011). "The International Workshop on Meibomian Gland Dysfunction: Executive Summary". Investigative Ophthalmology & Visual Science. 52 (4): 1922–1929. doi:10.1167/iovs.10-6997a. PMC 3072157. PMID 21450913
  3. Knop, Erich; Knop, Nadja; Millar, Thomas; Obata, Hiroto; Sullivan, David A. (2011). "The International Workshop on Meibomian Gland Dysfunction: Report of the Subcommittee on Anatomy, Physiology, and Pathophysiology of the Meibomian Gland". Investigative Ophthalmology & Visual Science. 52 (4): 1938–1978. doi:10.1167/iovs.10-6997c. PMC 3072159. PMID 21450915
  4. "Meibomian Gland Dysfunction (MGD) - EyeWiki". eyewiki.aao.org.
  5. Kelly K. Nichols; Gary N. Foulks; Anthony J. Bron; Ben J. Glasgow; Murat Dogru; Kazuo Tsubota; Michael A. Lemp; David A. Sullivan (2011). "The International Workshop on Meibomian Gland Dysfunction: Executive Summary". Investigative Ophthalmology & Visual Science. 52 (4): 1922–1929. doi:10.1167/iovs.10-6997a. PMC 3072157. PMID 21450913
  6. Nicolaides, N; Kaitaranta, JK; Rawdah, TN; Macy, JI; Boswell, FM; Smith, RE (April 1981). "Meibomian gland studies: comparison of steer and human lipids". Invest Ophthalmol Vis Sci. 20 (4): 522–536. PMID 7194326
  7. sai, PS; Evans, JE; Green, KM; Sullivan, RM; Schaumberg, DA; Richards, SM; Dana, MR; Sullivan, DA (March 2006). "Proteomic analysis of human meibomian gland secretions". Br J Ophthalmol. 90 (3): 372–7. doi:10.1136/bjo.2005.080846. PMC 1856970. PMID 16488965
  8. Chhadva, Priyanka; Goldhardt, Raquel; Galor, Anat (24 November 2017). "Meibomian gland disease: the role of gland dysfunction in dry eye disease". Ophthalmology. 124 (11 Suppl): S20–S26. doi:10.1016/j.ophtha.2017.05.031. PMC 5685175. PMID 29055358
  9. 9,0 9,1 Peter Bex, Reza Dana, Linda Mcloon, Jerry Niederkorn (2011). Ocular Periphery and Disorders
  10. "Managing and Making Sense of MGD". Review of Ophthalmology. 2012. Retrieved 26 February 2014.
  11. "The Role of Meibomian Gland Dysfunction and Lid Wiper Epitheliopathy in Dry Eye Disease". American Academy of Optometry. 2012. Archived from the original on 9 October 2013. Retrieved 26 February 2014.