Michelle Lang
Michelle Jastin Lang (talaffuzi: Mishel Jastin Lang; 1975-yil 31-yanvar; Vankuver - 2009-yil 30-dekabr; Qandahor) kanadalik jurnalist. Lang Calgary Herald gazetasining muxbiri va Afg'onistondagi urushda halok bo'lgan birinchi kanadalik jurnalist[1].
Michelle Lang | |
---|---|
Tavalludi |
31-yanvar 1975-yil Vankuver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada |
Vafoti |
30-dekabr 2009-yil (34 yoshda) Qandahor, Afg'oniston |
Fuqaroligi | Kanada |
Kasbi | Muxbir |
Tarjimayi hol Tahrirlash
Vankuverda (Britaniya Kolumbiyasi) tug'ilib o'sgan Lang Magi o'rta maktabi va Saymon Freyzer universitetini bitirgan. Uning muxbir sifatidagi birinchi ishi Prince Jorj Free Press nashrida bo'lgan. Keyinchalik u Moose Jaw Times Herald va Regina Leader-Post nashrlarida ishlaydi, keyin Kalgariga ko'chib o'tadi va Calgary Herald uchun ma‘lumot yig‘uvchi jurnalist bo'ldi. U 2008-yilda milliy masalalar va viloyat sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha reportajlari uchun[2] eng yaxshi hisobot uchun Milliy gazeta mukofotini qoʻlga kiritdi[3].
Lang Afg'onistonga Herald and Canwest News Service[4] uchun olti haftalik topshiriqni bajargani borgan. Yo‘lda u minib ketayotgan zirhli harbiy mashina yo'l chetidagi ko‘milgan mina tufayli portlab ketgan[5]. U olgan jarohatlari tufayli halok bo'ldi va portlashda undan tashqari to'rt kanadalik askar ham halok bo'lgan. Lang bilan birga serjant Jorj Miok – 28 yosh; Serjant Kirk Teylor – 28 yosh; Kapral Zacheri Makkormak – 21 yosh va Garrett Chidli vafot etgan edilar.
Michelle Lang o'sha yozda olti oydan so'ng Michael Louie turmushga chiqishi kerak edi. Lang shuningdek, Milliy gazeta mukofoti sovrindori bo'lgan.
Michelli Lang 2009-yil 11-dekabrda Qandahor havo maydonidagi NATO bazasiga kelgan va 30-dekabrda vafot etgunga qadar 9 ta maqola tayyorlab uzatgan.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Miller, Jason. „Hundreds honour heroes - Four soldiers, journalist repatriated in emotional ceremony at CFB Trenton“. Toronto Sun (4-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 18-iyul 2010-yil.
- ↑ „List of winners since 1949“. National Newspaper Awards. Qaraldi: 15-oktyabr 2011-yil.
- ↑ „NNA winner at '09 gala in Montreal dies in Afghanistan blast“. National Newspaper Awards. Qaraldi: 20-oktyabr 2011-yil.
- ↑ „Condolence messages pouring in for reporter killed in Afghanistan“. Canadian Press (30-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2009-yil.
- ↑ „5 Canadians killed in Afghanistan“. CBC News (30-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2009-yil.