Midori Honda (1964-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — yaponiyalik futbol menejeri va sobiq futbolchi, hozirda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi. Honda futbolchi sifatida Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.‌‌

Midori Honda
本田 美登里
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Midori Honda
Tavallud sanasi 16-noyabr 1964-yil (1964-11-16) (59 yosh)
Tavallud joyi Shizuoka, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston murabbiy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1975-1978 Irie SS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979-1985 Shimizudaihachi SC
1985-1992 Yomiuri Nippon SC Ladies Beleza
Milliy terma jamoa
1981-1991 Japan 43 (0)
Boshqargan klublari
1991-1993 Yomiuri Menina
2001-2010 Okayama Yunogo Belle
2013-2019 AC Nagano Parceiro
2020-2021 Shizuoka SSU Asregina
2022- Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

Honda 1964-yil 16-noyabrda Sidzuokada tugʻilgan. U mahalliy „Shimizudaihachi SC“ klubida oʻynagan. U ketma-ket 4 yil Empress Kubogini qoʻlga kiritdi (1980 — 1983). 1985-yilda u Yomiuri Nippon SC Ladies Beleza ga koʻchib oʻtdi. Klub ketma-ket 3 yil L.Ligada gʻolib chiqdi (1990 — 1992).

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

1981-yilning iyun oyida, Xonda 16 yoshida, 1981-yilgi Osiyo chempionatiga Yaponiya terma jamoasi safida toʻp sura boshladi. Ushbu musobaqada, 7-iyun kuni u Xitoy Taypeyiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Bu Yaponiya terma jamoasining Xalqaro A Matchdagi birinchi oʻyini. 1986, 1989, 1991-yilgi Osiyo chempionati va 1990-yilgi Osiyo oʻyinlarida ham oʻynagan. U 1991-yilgi jahon chempionatida ham Yaponiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Bu musobaqa uning Yaponiya uchun soʻnggi oʻyini boʻldi. U Yaponiya terma jamoasi safida 1991-yilgacha 43 ta oʻyin oʻtkazgan[1].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2001-yilda Honda yangi klubi Okayama Yunogo Belle klubi uchun menejerlik qildi. U xalqaro oʻyinchilarga, Aya Miyama, Mixo Fukumoto va boshqalarga soha yuzasidan maslahat berdi. 2010-yilgi mavsum oxirida u isteʼfoga chiqdi. 2013-yilda u AC Nagano Parceiro klubi uchun menejer boʻldi. 

2022-yilning fevral oyida Honda futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi[2]. Yaponiya termaa jamoasi safida 10 yil toʻp surgan[1].

Milliy terma jamoadagi natijalari tahrir

Yaponiya terma jamoasi
Yil Xalqaro oʻyinlar Gollar
1981-yil 5 0
1982-yil 0 0
1983-yil 0 0
1984-yil 3 0
1985-yil 0 0
1986-yil 6 0
1987-yil 4 0
1988-yil 3 0
1989-yil 8 0
1990-yil 5 0
1991-yil 9 0
Jami 43 0

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Japan Football Association“. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "JFA" defined multiple times with different content
  2. „Midori Honda Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi – UFA“.