Miguel Rodrigues (futbolchi, 1993-yilda tug‘ilgan)
Miguel Fernando Pereira Rodrigues (1993-yil 16-mart, Fátima, Portugaliya) – portugaliyalik professional futbolchi boʻlib, hozirda Sloveniyaning PrvaLiga chempionatida ishtirok etuvchi NK Bravo klubida markaziy himoyachi sifatida toʻp surmoqda.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Miguel Fernando Pereira Rodrigues[1] | ||
Tavallud sanasi | 16-mart 1993-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Fátima, Portugaliya[1] | ||
Boʻyi | 1.89 m[1] | ||
Ampluasi | markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bravo | ||
Raqami | 3 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003–2007 | Fátima | ||
2007–2009 | CADE | ||
2009–2012 | União Leiria | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012 | União Leiria | 2 | (0) |
2012–2016 | Nacional | 64 | (1) |
2016−2018 | Panetolikos | 27 | (1) |
2018–2020 | Rio Ave | 2 | (0) |
2019 | → Estoril | 13 | (1) |
2021–2022 | União Santarém | 12 | (1) |
2022–2023 | Oliveira Hospital | 24 | (4) |
2023–2024 | Académica | 12 | (0) |
2024– | Bravo | 7 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2012–2013 | Portugal U20 | 8 | (0) |
2014 | Portugal U21 | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (1-sentyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirFernando Santarem viloyatining Fatima shahrida tugʻilgan, U. D. Leiriya klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. 2012-yil 5-may kuni, klub chuqur moliyaviy inqirozga duchor boʻlgan paytda, Fernando Primeira Ligadagi ilk oʻyinini S. L. Benfika klubiga qarshi safarda oʻtkazdi va 0:1 hisobida magʻlub boʻldi[2][3][4].
2012-yilning iyul oyida Fernando yuqori diviziondagi boshqa klub C.D. Nacional bilan shartnoma imzoladi[5]. Fernando birinchi mavsumda 17 ta oʻyinda maydonga tushdi va jamoaning sakkizinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshdi.
Fernando 2014-yil 19-aprelda Madeyraliklar safida va oliy divizionda oʻzining ilk golini urdi. Oʻsha oʻyinda mehmonlar F. C. Paços de Ferreyrani 5:0 hisobida tor-mor etib, UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanma olishdi[6]. 2014-yil 21-avgustida Fernandoning qitʼalar oʻrtasidagi musobaqada ilk maydonga tushdi. Bu safar Fernando pley-off bosqichida Minsk Dinamosiga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa mobaynida maydonida harakat qildi va 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi[7].
2016-yildan 2018-yilgacha Fernando Gretsiya Super ligasida Panetolikos FC klubi safida toʻp surgan[8]. Fernando 2018-yil 19-mayda oʻz vataniga qaytib kelib, Rio Ave futbol klubiga bepulga oʻtdi[9].
Fernando 2019-yilning yanvar oyida LigaPro klublaridan biri boʻlgan G. D. Estoril Praiaga besh oyga ijaraga berildi[10]. Taxminan bir yil oʻtgach, Fernando Rio Ave bilan shartnomasini bekor qildi[11].
Pubalgiya jarohatidan sogʻaygandan soʻng, Fernando uchinchi ligadagi União de Santarém, FC Oliveira do Hospital va Académica de Coimbra klublari safida oʻynadi[12][13][14].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
tahrirRodrigues 2014-yil 4-sentyabrda Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi uchun oʻzining yagona oʻyinini oʻtkazdi. U 2015-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Norvegiyaga qarshi safarda boʻlib oʻtgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻyin yakunigacha maydonda toʻp surdi. Ushbu oʻyinda Portugaliya terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[15].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Miguel Rodrigues“ (pt). Mais Futebol. Qaraldi: 2022-yil 14-fevral.
- ↑ „Situação leiriense correu o Mundo“ (pt). Record (2012-yil 30-aprel). 2012-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ Godinho. „Nem uma vitória apaga depressão na Luz“ (pt). SAPO (2012-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 14-fevral.
- ↑ Gouveia. „Benfica-U. Leiria, 1–0 (crónica)“ (pt). Mais Futebol (2012-yil 5-may). Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ „Miguel Rodrigues contratado à União de Leiria“ (pt). SAPO (2012-yil 12-iyul). Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ Ruela Ribeiro, João. „Nacional goleia Paços e garante Europa“ (pt). Público (2014-yil 19-aprel). Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ Ruela Ribeiro, João. „Derrota por 2–0 na Bielorrússia complica qualificação do Nacional“ (pt). Público (2014-yil 21-avgust). Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ Ribeiro, Irineu. „Miguel Rodrigues deixa o Nacional rumo à Grécia“ (pt). O Jogo (2016-yil 27-may). Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ Machado, José Miguel. „Miguel Rodrigues é reforço por quatro épocas“ (pt). Record (2018-yil 18-may). Qaraldi: 2018-yil 19-may.
- ↑ „Miguel Rodrigues deixa Vila do Conde e ruma ao Estoril à procura de minutos“ (pt). O Jogo (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 14-fevral.
- ↑ „Miguel Rodrigues chega a acordo de rescisão com o Rio Ave“ (pt). Record (2020-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 14-fevral.
- ↑ Mota, Luís. „Miguel Rodrigues desempregado e lesionado: "Não posso contactar com quem me faz o tratamento"“ (pt). Record (2020-yil 28-mart). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Guerra, Marina. „Miguel Rodrigues está confiante e ambiciona chegar aos 100 jogos no principal escalão português“ (pt). Região de Leiria (2022-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Chambel, Ricardo. „Miguel Rodrigues assina pela Académica“ (pt). Record (2023-yil 12-iyun). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Eikrem. „Unblemished Portugal hold off Norway“. UEFA (2014-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.