Mihna (arabcha: محنة خلق القرآن, Miḥnat khalaq al-Qurʾān „Qurʼon yaratilishi [toʻgʻrisida] sinov“) 833-yilda Abbosiylar xalifasi Maʼmun davrida boshlangan diniy taʼqiblar davri. Bu davrda diniy ulamolarning qarashlari moʻtazila taʼlimotiga mos kelmasa, jazolangan, qamoqqa olingan yoki baʼzan oʻldirilgan. Bu siyosatga oʻn sakkiz yil (833851) davomida amal qilingan. Maʼmunning vorislari Muʼtasim va Vosiq va Mutavakkil (toʻrt yil amal qilgan) hukmronligi davrida ham bu siyosat davom etgan. Faqat xalifa Mutavakkil davriga kelib, 851-yilda mihna siyosati bekor qilingan[1][2].

Mihnaning bekor qilinishi Abbosiylar xalifasining diniy ortodoks masalalarni hal qilish daʼvosining tugashi sifatida ham, oʻrta asrlarda musulmon birodarlar oʻrtasida kam uchragan diniy taʼqiblar holatlaridan biri sifatida ham ahamiyatlidir[3].

Maʼmun davri

tahrir
 
Mihna va u bilan bogʻliq voqealar xaritasi

827-yilda xalifa Maʼmun Qurʼon yaratilgani haqidagi taʼlimotni eʼlon qildi. Mazkur eʼlondan olti yil oʻtgach, 833-yilda xalifa Maʼmun toʻsatdan vafot etishidan taxminan toʻrt oy oldin mihna instituti paydo boʻldi[4]. Mihna 848—851-yillarda, Mutavakkil uni bekor qilgunga qadar Muʼtasim va Vosiq davrida davom etgan. Bu taʼlimot aynan moʻtazila mazhabiga mos edi. Moʻtaziliylar yaxshilik va yomonlik har doim ham nozil boʻlgan kitob yoki Muqaddas Bitik talqini bilan belgilanmaydi, uning yordamsiz aql bilan ham oʻrnatilishi mumkin boʻlgan mantiqiy toifalardir, deb hisoblashgan.

Anʼanaviy ilm taʼlimoti va Mihnaning eʼlon qilinishini Maʼmun oʻz qoʻl ostidagilarning eʼtiqodlarini oʻzaro bogʻlangan voqelik sifatida koʻrdi. Bunda xalifa ortodokslikni belgilashda oʻz diniy hokimiyatidan foydalangan va hukmdor sifatidagi majburlash kuchi orqali oʻz qarashlarini boshqalarga tatbiq etgan. Maʼmun oʻz eʼtiqodlarini hukumati aʼzolariga singdirish bilan bogʻliq motivlari moʻtazila eʼtiqodiy yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlib, moʻtazila esa oʻz oʻrnida shialikka nisbatan xayrixoh ham edi. Bu esa ulamolar diniy ilmlar va Paygʻambar anʼanalarining haqiqiy homiylari sifatida koʻrila boshlagan bir davrda diniy hokimiyatni mustahkamlashga qaratilgan oqilona qaror edi.

Voqealar va tushuntirishlar

tahrir

Tushuntirish 1: Maʼmun va moʻtazila

Mihnani Maʼmunning moʻtazila eʼtiqodiga bogʻliqligini taʼkidlagan olimlar, uning oʻsha davr yetakchi moʻtaziliylari bilan yaqin aloqada boʻlganiga ishora qilishgan[5]. Maʼmun maʼmuriyatida yuqori lavozimlarga tayinlangan Maʼmun moʻtaziliylari orasida hukmronligi davrida bosh qozi boʻlgan taniqli moʻtaziliy Ahmad ibn Abu Duod ham bor[6]. Ibn Abu Duodning kalom olimi boʻlgani va keyingi ikki xalifa davrida Mihnani kuchli targʻib qilgani sababli baʼzi olimlar uning taʼsiri ostida Maʼmun Mihnani amalda qoʻllagan degan xulosaga kelishgan. Biroq, Ibn Abu Duodning lavozimga tayinlanishi Maʼmunning mihna yaratish rejalarining bir qismimi yoki aksimi, nomaʼlumligicha qolmoqda.

Tushuntirish 2:Maʼmunning shialikka xayrixohligi

Maʼmun boshqa xalifalarga qaraganda koʻproq Aliylar oilasi aʼzolari va ularning baʼzi taʼlimotlariga yaqinlik koʻrsatgani baʼzi olimlarning baʼzi qarashlarini qabul qilgan boʻlishi mumkin degan fikrni yuzaga keltirdi. Taniqli din olimi bo‘lgan Ma’munning inkvizitsiyani boshlash uchun o‘z valiylariga yo‘llagan maktublari uning ilmi va bilimi omma yoki hatto Allohga oid masalalarda hech qanday tasavvurga ega boʻlmagan olomonga qiyoslangan boshqa din ulamolariga nisbatan yuqori darajada bo‘lgan degan fikrni shakllantiradi[7]. Bu qarash shialarning Qurʼon va eʼtiqod masalalarida ezoterik bilimga faqat imom egaligi haqidagi eʼtiqodiga oʻxshaydi. Maʼmun imomlik unvonini olishdan tashqari, Aliylar oilasiga maxsus murosa harakatlarini ham koʻrsatgan. Bu Ali ar-Rizoni oʻz merosxoʻri etib tayinlashi va Aliylarga boʻlgan alohida hurmatini taʼlimotga aylantirgani ham yaqqol koʻrsatadi. Shialik, xuddi moʻtazila singari, Qurʼonning yaratilgani haqidagi taʼlimotni qabul qilgan. Shuning uchun baʼzi olimlar Maʼmunning ushbu taʼlimot va Mihna haqidagi eʼlonini xalifaning shia taʼlimotlariga yuz tutganining aksi deb talqin qilishadi. Holbuki, Mutavakkilning farmonni bekor qilishi qisman uning Aliylarga boʻlgan dushmanligidan kelib chiqqan, degan fikr bildiriladi[6].

Biroq, Qurʼonning yaratilganini moʻtazila yoki shialik uchun sinov sifatida ishlatish haqidagi tasavvur notoʻgʻri boʻlishi mumkin. Bu masala boʻyicha ikki mazhab oʻrtasida oʻxshashlik mavjud boʻlsa-da, moʻtazila va shialik bu kabi eʼtiqodga moyil boʻlgan yagona teologik oqimlar emas edi. Shuning uchun Maʼmunning mihnasida bu ikki maktab oʻrtasida bogʻliqlik boʻlishi shart emas edi. Qolaversa, bu davrda shialik Qurʼonning yaratilgani haqidagi tushunchani toʻliq qabul qilganmi yoki sunniylik va shialik oʻz taʼlimotlarini ishlab chiqqandan keyingi davrlarga qadar orqaga qaytishmi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ayrim ulamolar bu davrda shia ilohiyotchilari orasida hukmron bo‘lgan qarashlar Qurʼon yaratilmaganiga ishongan Ja’far as-Sodiq ta’limotiga rioya qilganini ta’kidlasa-da, boshqa manbalar imom Ja’far as-Sodiq shunday fikrda boʻlgan yoki boʻlmaganini shubha ostiga oladi.

Tushuntirish 3: Mihna xalifalik hokimiyati daʼvosi sifatida

Mihna haqidagi soʻnggi qarashlarning baʼzilari Maʼmun bundan oʻzining xalifa sifatidagi diniy hokimiyatini qayta tiklash imkoniyati sifatida foydalangan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Maʼmun oʻz voliylariga yoʻllagan bir qator maktublarida xalifaning Alloh dini va qonun-qoidalarining homiysi sifatidagi rolini batafsil bayon qilgan. Xalifa Maʼmun faqat xalifa-imomning o‘zi diniy bilimga ega ekanligi haqidagi shia tushunchasiga tayangan va bundan foydalanib, xalqni diniy masalalarda jaholatdan olib chiqishda o‘zining tarbiyachi rolini ta’kidlagan. Maʼmunning „mihna“si ulamolar, xususan, dinni sharhlash vakolati Paygʻambar urf-odatlari boʻyicha tajribalari bilan bogʻliq boʻlgan Ahmad ibn Hanbal kabi anʼanachilarning diniy bilimlar ustidan hokimiyat borasida oʻzaro kurashiga qaratilgandek tuyulgan. Biroq, hozirgi davrgacha boʻlgan islom tarixining uzoq davom etgan tendensiyasida diniy hokimiyat faqat ulamolarning vakolatiga aylangan. Xalifa esa avval siyosiy hokimiyatga, asta-sekin ramziy shaxsga aylanib borgan. Mihna uchun mazkur tushuntirish koʻpchilik zamonaviy olimlar qabul qilgan pozitsiyadir.

Muʼtasim davri

tahrir

Maʼmun 833-yilda vafot etgach, uning siyosatini Muʼtasim davom ettirdi. Xuddi shu yili Ahmad ibn Hanbal sinovdan oʻtkazildi va u Qurʼon yaratilmagan, deb javob berdi. Muʼtasim uni lavozimidan chetlatib, qamoqqa oldi va hushidan ketguncha qamchilatdi. Biroq, Bagʻdod aholisi ibn Hanbalning qamoqqa olinganini eshitib, qoʻzgʻolon koʻtarish bilan tahdid qilgach, Muʼtasim uni ozod qildi[8]. Keyinchalik Muʼtassim Samarrada yangi poytaxt qurilishi va harbiy yurishlar bilan mashgʻul boʻlib, mihnani sud jarayonidagi rasmiyatchilikdan boshqa narsa sifatida qabul qilmadi (salbiy javob bergan shaxsning guvohligi sudda qabul qilinishi mumkin emas edi)[9][10].

Oqibat

tahrir

Shuni taʼkidlash kerakki, mumtoz islomda turli islom ilmlarini, jumladan, huquqni rivojlantirish vazifasini xalifalik emas, balki xususiy shaxslar oʻz zimmalariga olganlar. Yaʼni, qonun, zamonaviy milliy davlatlardan farqli oʻlaroq, davlatning yagona himoyasi ostida emas edi. Darhaqiqat, huquqshunoslar qonunni davlatga ongli ravishda qarama-qarshilikda ishlab chiqdilar. Klassik islomda ilk davrlardan boshlab siyosiy tartibdan ajralib turuvchi diniy tartib ham mavjud edi. Olimlarning yarim avtonomligi turli masalalarda bir-biriga mutlaqo zid boʻlgan fiqh maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Ularning barchasi oʻz qarashlarini islomiy va sahih deb hisoblashgan. Mihna, shu nuqtai nazardan, xalifaning kuchli va taʼsirli huquqshunoslik madaniyatidan umidsizlikka tushganini aks ettiradi. Mihna taxminan oʻn besh yil davom etgan. Shundan soʻng ham siyosiy, ham diniy unvonlarning hokimiyat doiralari yanada aniqroq belgilandi. Bu qarama-qarshilik ikkala hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos belgisi degani emas edi. Oʻzaro munosabatlar esa yanada nozik boʻlib, bunda nafaqat qarama-qarshilik, balki hamkorlik ham mavjud boʻlgan. Umuman olganda, diniy tartib siyosiy tuzum va oddiy xalq oʻrtasida bufer vazifasini bajarar edi.

Manbalar

tahrir
  1. Muhammad Qasim Zaman. Religion and Politics Under the Early ?Abbasids: The Emergence of the Proto-Sunni Elite. BRILL, 1997 — 106–112-bet. ISBN 978-90-04-10678-9. 
  2. https://escholarship.mcgill.ca/downloads/4x51hp478?locale=en [formatsiz URL PDF]
  3. The Encyclopedia of Islam, vol. 7, 1965–1986 — 2–4-bet. 
  4. Nawas, John A. (1994). "A Reexamination of Three Current Explanations for al-Maʾmun's Introduction of the Mihna". International Journal of Middle East Studies 26 (4): 615–629. doi:10.1017/s0020743800061134. https://archive.org/details/sim_international-journal-of-middle-east-studies_1994-11_26_4/page/615. 
  5. Nawas, John A. (1994). "A Reexamination of Three Current Explanations for al-Mamun's Introduction of the Mihna". International Journal of Middle East Studies 26 (4): 616. doi:10.1017/s0020743800061134. https://archive.org/details/sim_international-journal-of-middle-east-studies_1994-11_26_4/page/616. 
  6. 6,0 6,1 Patton, Walter Melville. Aḥmed ibn Hạnbal and the Miḥna: A biography of the imâm including an account of the Moḥammedan inquisition called the Miḥna, 218-234 A.H.. E.J. Brill, 1897 — 54–55-bet. 
  7. Al-Suyuti, Jalaluddin. History of the Caliphs. Calcutta: J.W. Thomas, Baptist Mission Press, 1881 — 322-bet. 
  8. The Encyclopedia of Islam, vol. 7, 1965–1986 — 3-bet. 
  9. The Encyclopedia of Islam, vol. 7, 1965–1986 — 4-bet. 
  10. Tillier, Mathieu (2019-11-08), „Chapitre 3. La justice du cadi aux deux premiers siècles de l'Islam“, L'invention du cadi : La justice des musulmans, des juifs et des chrétiens aux premiers siècles de l'Islam, Bibliothèque historique des pays d’Islam, Paris: Éditions de la Sorbonne, 179–377-bet, ISBN 979-10-351-0102-2, qaraldi: 2020-06-14

Adabiyotlar

tahrir