Miki Ando
Miki Ando (yaponcha:安藤 美姫; 1987-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan yaponiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2007 va 2011-yilgi jahon chempioni, 2011-yilgi Toʻrt qitʼa chempioni, 2004-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va uch karra (2003, 2004 va 2010) Yaponiyaning milliy chempioni boʻlgan.
Miki Ando | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Yaponiya |
Tavalludi |
18-dekabr 1987-yil Nagoya |
Boʻyi | 1.62 m (5 ft 4 in) |
Jamoasi | Toyota SC |
Oldingi jamoalari | Prince Hotel |
Uchishni boshlagan | 1995 |
Yakunlagan | 2013 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 67.98 |
Erkin dastur | 134.76 |
Ando musobaqada toʻrtta hatlab sakrashelementini muvaffaqiyatli yakunlagan birinchi ayol konkida uchuvchisidir. U buni 2002 — 2003-yilgi mavsumda Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri finalida amalga oshirgan
Shaxsiy hayoti
tahrirAndo 1987-yil 18-dekabrda Aichi prefekturasining Nagoya shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ando sakkiz yoshida yoʻl-transport hodisasi tufayli vafot etgan. 2006-yilda Ando Toyota jamoasiga qoʻshilgan va Chukyo universitetiga oʻqishga kirgan va uni 2011-yil mart oyida tugatgan. Ando ingliz tilini AQSHdagi mashgʻulot vaqtida oʻrgangan. 2013-yil yanvar oyida Toyota Motor kompaniyasini tark etgan[1].
Ando 2013-yil aprel oyida Himavari ismli qizini dunyoga keltirdi. Himavari yaponcha „kungaboqar“ degan maʼnoni anglatadi[2].
Faoliyati
tahrirIlk faoliyati
tahrirAndo konkida uchishni 1996-yilda sakkiz yoshida boshlagan. Uning birinchi murabbiyi Rina Xori edi. 2000 — 2001-yilgi mavsumdan boshlab unga Nobuo Sato murabbiylik qilgan.
Kichik xalqaro debyutini qilgan Ando 2001 — 2002-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqa dasturining ikkalasida ham gʻolib chiqqan va JGP finaliga yoʻllanma olgan va u yerda ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. Milliy miqyosda Yaponiya oʻsmirlar chempioni va katta bronza medali sohibiga aylangan. Ando oʻz mavsumini 2002-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritish bilan yakunlagan.
Ando 2002 — 2003-yilgi JGP musobaqasining ikkala bosqichida ham gʻolib chiqqan[3]. Oʻsha mavsumda Ando oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Ando 2003 — 2004-yillarda oʻzining barcha oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarida, jumladan, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida, ketma-ket uchta milliy oʻsmirlar chempionligida va oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan. Shuningdek, u Yaponiya chempionatida (kattalar) ham gʻolib chiqib, oʻzining birinchi kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 4-oʻrinni egallagan.
Dasturlari
tahrirMavsum | Qisqa dastur |
---|---|
2015 — 2016 |
|
2014 — 2015 |
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 98 — 99 | 99 — 00 | 00 — 01 | 01 — 02 | 02 — 03 | 03 — 04 | 04 — 05 | 05 — 06 | 06 — 07 | 07 — 08 | 08 — 09 | 09 — 10 | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 |
Olimpiada | 15 | 5 | ||||||||||||||
Jahon chemp. | 4 | 6 | 1 | WD | 3 | 4 | 1 | |||||||||
Toʻrt qitʼa | 3 | 1 | ||||||||||||||
Ice Challenge | 2 | |||||||||||||||
Nebelhorn Trophy | 2 | |||||||||||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar, kattalar | ||||||||||||||||
Jahon chemp. | 3 | 2 | 1 | |||||||||||||
Mlado Trophy | 1 N | 1 N | ||||||||||||||
Milliy | ||||||||||||||||
Yaponiya chemp. | 3 | 5 | 1 | 1 | 6 | 2 | 2 | 3 | 4 | 1 | 7 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yaponiya chemp. | 7 | 3 | 1 | 1 | 1 | |||||||||||
Kattalar oʻrtasidagi Yaponiya chemp. | 3 | 1 | 1 | |||||||||||||
Jamoaviy musobaqalar | ||||||||||||||||
World Team Trophy | 3 T 5 P |
|||||||||||||||
Japan Open | 1 T 4 P |
1 T 1 P |
1 T 2 P |
3 T 6 P |
||||||||||||
WD: Musobaqani tark etgan Levels - N: kattalar; J: oʻsmirlar T: jamoaviy natija; P: shaxsiy natija |
Manbalar
tahrir- ↑ 所属契約満了について Miki Ando Official
- ↑ Kirk. „Our Interview with Miki Ando and Javier Fernandez“. The Skating Lesson. The Skating Lesson. 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-iyul.
- ↑ Longman, Jeré; Mather, Victor. „Figure Skating: Alina Zagitova Wins Russia's First Gold Medal“. The New York Times (2018-yil 22-fevral).