Milagros Abigail „Mili“ Menéndez (1997-yil 23-martda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Campeonato Brasileiro Série A1da bahs olib boradigan klubi[3] va Argentina ayollar terma jamoasida oʻynaydi. Abigail Racing Clubidan Santosga ijara asosida oʻtgan[4]. Shu tufayli Milagrosning futbolchi;lik transfer huquqi toʻlaligicha Racing klubida saqlanib qolgan.

Milagros Menéndez
Ism

Milagros Abigail Menéndez[1]

Tugʻilgan sana

(1997-03-23) 23-mart 1997

Tugʻilgan joy

Mar del Plata, Argentina[2]

Boʻyi

1.69 m (5 ft 7 in)

Ampula

Hujumchi

Jamoasi

Santos

Raqami

22

Klubdagi faoliyati

tahrir

Oʻsmirlik chogʻida karting poygalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Menendez oʻz faoliyatini 2015-yilda futbol bilan bogʻlashga qaror qiladi. Bunda u ishni UAI Urquiza jamoasiga oʻtishdan oldin Mar-del-Platadagi General Urquiza FC tarkibida Asociación de Futbol Femenino de la Provincia de Buenos Aires (AFFEBA) milliy musobaqasida oʻynashdan boshlagan[5]. 2019-yil 23-avgustda u oʻzining birinchi professional shartnomasini Racing Clubi bilan imzolagan[6]. RAcing klubi safida koʻp oʻyinlarda maydonga tushirlmagan.

2020-yil 1-iyulda Menendez xorijga koʻchib oʻtgan va Segunda División Pro klubi Granada CF bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7]. Keyingi yilning 3-avgustida Granada CF tarkibida kamdan-kam maydonga tushib oʻyin amaliyotiga ega boʻlmaganidan soʻng, u Elche CF ga koʻchib oʻtgan[8].

2022-yil iyul oyida Menendez Racing jamoasiga tarkibiga qaytgan[3]. 2024-yil 2-fevralda u Santosdan sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasi haqida eʼlon qilgan[9].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Menendez Argentina terma jamoasi tomonidan 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun chqiruv olgan va rema jamoa oʻyinlarida ishtiro eta boshlagan[10]. Oʻsha yilning 19-iyun kuni turnir davomida u oʻzining birinchi xalqaro golini guruh bosqichida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda (3:3) kiritgan[11].

Faoliyat statistikasi

tahrir

Xalqaro

tahrir
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Argentina 2019 [12] 10 3
2021 [12] 1 0
2022 [12] 2 0
Jami 13 3

Manbalar

tahrir
  1. „Plantel Femenino: Milagros Abigail Menéndez“ (in Spanish). Racing Club.
  2. „Una x una: quiénes son las 23 convocadas de la selección argentina femenina para el Mundial de Francia 2019“ [One on one: who are the 23 called up of Argentina womenʼs national team for the 2019 World Cup in France] (in Spanish).
  3. 3,0 3,1 „Milagros Menéndez dejó España y volvió a Racing“ (es-ES). Noticias de Mar del Plata (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  4. „Only 9 professionals in Argentina's women's World Cup squad“ (en). USA TODAY. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  5. „Milagros Menéndez, una joven que estaba destinada a trascender“ (es-ES). Diario La Capital de Mar del Plata. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  6. „Con dos mundialistas, Racing presentó a las primeras futbolistas profesionales de su historia“ (es). Infobae (2019-yil 23-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  7. „Comunicado | El Granada Femenino incorpora a la delantera Milagros Menéndez“ (es). Granada CF (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  8. „Fútbol Femenino: Milagros Menéndez fichó por el Elche“ (es). TyC Sports (2021-yil 3-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  9. „Mili Menéndez é novo reforço internacional para o ataque das Sereias da Vila“ (pt-BR). Santos FC (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  10. FIFA.com. „FIFA Women's World Cup France 2019™ - Players - Milagros MENENDEZ - Milagros Menéndez“. www.fifa.com. 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Scotland crash out of Women's World Cup after dramatic Argentina comeback“. Guardian. Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  12. 12,0 12,1 12,2 Milagros Menéndez Soccerway saytida. Qaralgan sana: 13 February 2024.