Milen Radukanov (bolgarcha: Милен Радуканов, 1972-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — bolgariyalik sobiq futbolchi.

Milen Radukanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Milen Petrov Radukanov
Tavallud sanasi 12-dekabr 1972-yil (1972-12-12) (51 yosh)
Tavallud joyi Vidin, Bolgariya
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 in)
Ampluasi himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991–1992 Bdin Vidin 22 (1)
1992–1996 CSKA Sofia 27 (0)
1993–1994  Pirin Blagoevgrad 24 (1)
1996–1997 Spartak Pleven 24 (2)
1997–1999 Levski Sofia 45 (2)
1999 Naţional București 16 (0)
2000–2003 Lokomotiv Sofia 76 (0)
2003–2004 Kastoria 18 (1)
2004–2005 Doxa Drama 21 (0)
2005–2006 Lokomotiv Sofia 9 (0)
2007 Rilski Sportist (0)
2008 Nesebar (0)
2008–2009 Levski Elin Pelin (?)
Milliy terma jamoa
1998 Bulgaria 1 (0)
Boshqargan klublari
2010–2011 CSKA Sofia
2011–2012 Botev Plovdiv
2013 CSKA Sofia
2013–2014 Slavia Sofia
2017–2018 Pirin Blagoevgrad
2019–2020 Septemvri Sofia
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2013-yil 12-mart uchun)

Murabbiy faoliyati

tahrir

CSKA Sofiya

tahrir

2010-yilda Radukanov CSKA Sofiya klubining yordamchi murabbiyi va ruminiyalik bosh murabbiy Ioan Andone uchun tarjimon sifatida tayinlangan[1]. Shu sababli Radukanov „bolgariyalik José Mourinho“ nomi bilan tanilgan[2]. Keyinchalik Radukanov Adalbert Zafirov, Pavel Dochev va Gjore Jovanovskining murabbiylar shtabiga qoʻshildi. 2010-yil 21-oktyabrda Radukanov CSKAning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning rahbarligida klub ajoyib natijalar koʻrsatdi, bu esa uning doimiy bosh murabbiy lavozimiga tayinlanishiga sabab boʻldi. Radukanovning yordamchilari (jamoa sardori) Todor Yanchev va Svetoslav Petrov edi. Radukanov PFC CSKA Sofiani klubini liga jadvalida 11-oʻringa koʻtardi. Radukanov mavsumning oxiriga kelib klubni 3-oʻringa koʻtarishga erishdi, shuningdek, oʻsha yili Bolgariya kubogi va Bolgariya Superkubogini ham qoʻlga kiritdi. 2011-yil oktyabr oyida Radukanov „Abadiy derbi“ (Abadiy derbi – Sofiyaning eng mashhur ikki klubi boʻlgan Levski Sofiya va CSKA Sofiya oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol oʻyinining nomidir) oʻyini arafasida oʻzaro kelishuvga asosan bosh murabbiy lavozimini tark etdi.

Botev Plovdiv

tahrir

2011-yil 28-oktyabrda Bolgariyaning B PFG ligasida ishtirok etuvchi Botev Plovdiv futbol klubi oʻzining rasmiy veb-saytida Milen Radukanov bilan klub bosh murabbiyi lavozimini egallash boʻyicha kelishuvga erishgani haqida maʼlumot berdi[3]. 2012-yil aprelida Radukanov Etar Veliko Tarnovo klubi bilan durang oʻynagandan soʻng Botev Plovdiv klubining bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Botev Plovdiv klubi 2013-yilning 11-martida Miodrag Ješić bilan xayrlashganidan keyin Radukanov CSKA Sofiya bosh murabbiyi etib qayta tayinlangan[4]. Uning CSKA Sofiyadagi ikkinchi bosh murabbiylik davri faqatgina mavsum oxirigacha davom etdi, xolos.

Slavia Sofiya

tahrir

Shuningdek, Radukanov 2013-yilning oktyabridan 2014-yilning sentyabrigacha Slaviya Sofiya klubini boshqargan[5][6].

Yutuqlari

tahrir

Futbolchi

tahrir

CSKA Sofiya

  • Bolgariya kubogi: 1993

Levski Sofiya

  • Bulgar kubogi: 1998

Murabbiy

tahrir

CSKA Sofiya

  • Bolgariya kubogi: 2010–11
  • Bolgariya Super kubogi: 2011

Murabbiylik statistikasi

tahrir
Klub Boshlanish Sanasi Tugash sanasi APFG
D M Gol urgan Gol oʻtkazgan Gol+/- Gʻalaba %
CSKA Sofiya 2010-yil 21- oktabr 25 oktabr 2011 30 23 4 3 63 20 +43 76.66
Botev Plovdiv 2011-yil oktyabr 2012 yil mart 11 5 4 2 12 7 +5 54.55
CSKA Sofiya 2013-yil mart 14 10 2 2 25 9 +16 71.43

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir