Miles Franklin
Stella Mariya Sara Miles Franklin – (1879-yil 14-oktyabr – 1954-yil 19-sentabr), Miles Franklin nomi bilan tanilgan avstraliyalik yozuvchi. 1901-yilda nashr etilgan „My brilliant career“ romani bilan mashhur hisoblanadi.
Miles Franklin | |
---|---|
Franklin, c.1940s | |
Tavalludi |
Stella Maria Sarah Miles Franklin 14-oktyabr 1879-yil Australia |
Vafoti |
19-sentyabr 1954-yil (74 yoshda) Australia |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Veb-sayti | http://www.milesfranklin.com.au/ |
Ijodiy faoliyati
tahrirFranklin 1879-yil 14-oktyabrda Janubiy Uelsning Talbingo shahrida tugʻilgan va Brindabella vodiysida katta boʻlgan[1]. Uning ota-onasi John Maurice Franklin va Susannah Margaret boʻlib, oilada toʻngʻich farzand boʻlgan.
U Avstraliyada oʻziga xos adabiy muhit yaratishga doimiy harakat qilgan. Bosh maqsadi adabiyotni rivojlantirish boʻlgan. Yozuvchilar, shoirlar, adabiy jurnallar va gazeta tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu maqsadni amalga oshirgan. Bundan tashqari adabiy mukofotlarni taʼsis etgan. Uning tashabbusi bilan yaratilgan „Australian Life in any of its phases“[2], „Miles Franklin“ mukofotlari Avstraliya adabiy hayotiga uzoq yillar taʼsir koʻrsatdi. Yana bir mukofot 2013-yilda joriy etildi. Stella mukofoti[3] har yili eng yaxshi adabiyot asari uchun ayol yozuvchilarga beriladi.
Miles Franklinning 1936-yilda yozgan „All That Swagger“ asari muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da, 1936-yil soʻngigacha nashr etilmagan. Yozuvchining eng mashhur romani „My brilliant career“ boʻlib, asar Uels qishlogʻida oʻsib ulgʻaygan oʻspirin qiz Sibilla Melvin haqida hikoya qiladi[4]. Ushbu roman 1901-yilda avstraliyalik yozuvchi Genri Louson koʻmagida kitob holida nashr etilgan[5]. Shu bilan birga, „The Daily Telegraph“ va „The Sydney Morning Herald“ gazetalarida „An Old Bacholer“ va „Vernacular“ taxallusi ostida oʻz hikoyalarini berib borgan. Maʼlum muddat yozuvchi „My Career Goes Bung“ asarini yozdi, lekin u maʼlum sabablarga koʻra, 1946-yilgacha ommaga eʼlon qilinmadi[6]. Dunyodagi urush, notinchliklarga qarshi yozilgan "The Dead Must Not Return" dramasi teatrlarda spektakl sifatida ijro etilmagan, ammo gazeta, kitoblarda nashr etilib, ommaga yetkazilgan[7].
AQSh va Angliyadagi ijodi
tahrir1906-yilda Franklin AQShga koʻchib oʻtdi. Ijodiy faoliyatini shu yerda davom ettirdi. Chikagodagi National Womenʼs Trade Union Leaguetashkilotida kotiblik ishini boshladi. Liganing "Life and Labor" jurnaliga hammualliflik hamda muharrirlik qildi[8]. Franklinning AQShdagi yillari „On Dearborn Street“ (1981- yilgacha nashr etilmagan) romantik hikoyasida aks ettirilgan. Oʻz hayotini asarga koʻchirishga harakat qilgan. Shuningdek, Amerikada boʻlganida, yana bir hayotiy asarini yozgan. Kichik shaharchada yashovchi oilaning hayotini hikoya qilingan „Some Everyday Folk and Dawn“ asari 1909-yilda yozilgan. Yozuvchi muntazam ravishda sogʻligidan aziyat chekdi. Shu sababli 1912-yilda bir muddat ijoddan uzqlashib, dam olishga uzoq sayohatga chiqdi[9]. Bir muddatli tanaffusdan soʻng, oʻzini jurnalistikaning yangi sohalarida sinab koʻrdi[9].
Manbalar
tahrir- ↑ Franklin, Stella Maria Sarah Miles. Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.
- ↑ „History of the Award“. www.milesfranklin.com.au. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
- ↑ „About the Stella Prize“. 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "Miles Franklin | Australian writer" (en). Encyclopedia Britannica. Archived from the original on 24 August 2017. https://web.archive.org/web/20170824141704/https://www.britannica.com/biography/Miles-Franklin. Qaraldi: 24 August 2017.
- ↑ Roe (1981)
- ↑ A.), McPhee, John (John. Great Collections : treasures from Art Gallery of NSW, Australian Museum, Botanic Gardens Trust, Historic Houses Trust of NSW, Museum of Contemporary Art, Powerhouse Museum, State Library of NSW, State Records NSW.. Museums & Galleries NSW, 2008 — 89-bet. ISBN 9780646496030. OCLC 302147838.
- ↑ Franks, Rachel (Winter 2016). "A Far-Flung War Mania". SL Magazine 9. No. 2: 22. Archived from the original on 27 June 2017. https://web.archive.org/web/20170627091320/http://www.sl.nsw.gov.au/sites/default/files/4701_slmagwinter16_web2_0.pdf. Qaraldi: 1 March 2019.Miles Franklin]]
- ↑ Roe, Jill. Australian Dictionary of Biography. Canberra: National Centre of Biography, Australian National University.
- ↑ 9,0 9,1 „Miles Franklin a brilliant career“. 2007-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.
Havolalar
tahrir- Great Rural Speeches: Miles Franklin
- Miles Franklin: A Brilliant Career? : State Library of New South Wales exhibition guide
- [1] Interview with biographer Jill Roe, author of Stella Miles Franklin: A Biography, with Ramona Koval, The Book Show, ABC Radio National, 20/11/08.
- MP3 audiobook of My Brilliant Career from LibriVox
- Stella Miles Franklin at The Encyclopedia of Women and Leadership in Twentieth-Century Australia
- Miles Franklin diary, 5 January 1917 – 16 February 1918: images and transcript at State Library of New South Wales