Minamiashigara (yaponcha: 南足柄市 Minamiashigara-shi?) – Yaponiyaning Kanagawa prefekturasida joylashgan shahar[1]. 2021-yil holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 40,947 kishini tashkil etadi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 530 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 77.12 km2 (29.78 mi²)[2].

Minamiashigara
南足柄市
Shahar
Minamiashigara shahar markazi
Minamiashigara shahar markazi
Flag of Minamiashigara
Official logo of Minamiashigara
Minamiashigaraning Kanagawa Prefekturasida joylashuvi
Minamiashigaraning Kanagawa Prefekturasida joylashuvi
Minamiashigara (Kanagawa) is located in Japan
Minamiashigara (Kanagawa)
 
Koordinatalari: 35°19′N 139°06′E / 35.317°N 139.100°E / 35.317; 139.100
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kantō
Prefektura Kanagava
Hudud
 • Umumiy 77,12 km2 (30 sq mi)
Aholisi
 (1-May, 2021)
 • Umumiy 40 947
 • Zichligi 530/km2 (1 400/sq mi)
Vaqt mintaqasi UTC+9
 – Daraxt Camellia sasanqua
 – Gul Japanese gentian
Manzil Sekimoto 440-banchi, Minamiashigara-shi, Kanagawa-ken 250-0192
Veb-sayt Rasmiy sayti
Daiyuzan Saijoji ibodatxonasi

Geografiyasi

tahrir

Minamiashigara Kanagawa prefekturasining togʻli gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, shaharning katta qismi Tanzawa-Oyama Quasi-milliy bogʻi yoki Fuji-Hakone-Izu milliy bogʻi hududida joylashgan.

Chegaradosh munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Minamiashigara nam subtropik iqlimga ega, yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Minamiashigarada oʻrtacha yillik harorat 13,6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2221 mm, sentyabr eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat avgustda 24,4 °C, eng pasti esa yanvarda, taxminan 3,2 °C atrofida boʻladi[3].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Minamiashigara aholisi 2000-yilda eng yuqori chocqqiga chiqdi va hozir asta-sekin kamayib bormoqda[4].

Tarixi

tahrir

Hozir Minamiashigara nomi bilan tanilgan hudud Sengoku davrida Xojo urugʻi nazorati ostida, Edo davrida Odawara maʼmuriy-hududiy birligining bir qismi edi.

Meiji islohotidan soʻng, zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi Kanagawa prefekturasining Ashigarakami tumanida Minamiashigara, Fukusava, Okamoto va Kitaashigara qishloqlarini tashkil etdi. Mintaqaning rivojlanishiga 1925-yil 15-oktyabrda Oyama togʻli temir yoʻlining (hozirgi Izuhakone temir yoʻli Daiyūzan liniyasi) ochilishi sabab boʻldi. Minamiashigara 1940-yil 1-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi va 1955-yilda qoʻshni Fukusava, Okamoto va Kitaashigara qishloqlarini qoʻshib oldi. 1972-yil 1-aprelda u shahar maqomini oldi.

Hukumati

tahrir

Minamiashigara toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash shaklidagi boshqaruvga ega shahar. Minamiashigara, Ashigarakami tumani munitsipalitetlari bilan birgalikda Kanagawa prefekturasi assambleyasiga bir aʼzo qoʻsha oladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya quyi palatasining Kanagawa 17-okrugiga kiradi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir