Ming yardlik nigoh yoki ikki ming yardlik nigoh iborasi koʻpincha urush dahshatlari sababli atrof-muhitdan hissiy jihatdan ajralib qolgan jangchilarning boʻsh, diqqatsiz nigohlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Baʼzida u boshqa turdagi jarohatlar qurbonlarida kuzatiladigan dissonatsiya koʻrinishini tasvirlash uchun ham qoʻllaniladi.

Urush rassomi Tomas Lining „The Two-Thousand Yard Stare“ asari
Charchagan AQSh dengiz piyodasi Theodore James Miller — 1944-yil fevral, Eniwetok jangida ikki kun davom etgan janglardan soʻng ming yardlik nigoh simptomlarini koʻrsatmoqda

Kelib chiqishi tahrir

Bu ibora Life jurnalida Ikkinchi jahon urushi rassomi va muxbiri Tom Leaning „Marines Call It That 2,000 Yard Stare“ deb nomlangan suratini chop etganidan keyin ommalashib ketdi[1]. 1945-yilgi jurnal maqolasida rasm aynan bu nom bilan tilga olinmagan. 1944-yilda Peleliu jangidagi nomaʼlum dengiz piyodasi tasvirlangan portret hozirda Kolumbiya okrugidagi Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining Fort-Lesleydagi Harbiy tarix markazida saqlanadi. Lea portretda tasvirlangan dengiz askari haqida shunday deydi:

U 31 oy oldin shtatlarni tark etgan, birinchi jangda yaralangan, tropik kasalliklarga chalingan. U kechalari chala uxlaydi va kun bo'yi yaponlarni o'qqa tutgan. Jamoasining uchdan ikki qismi o'ldirilgan yoki yaralangan. U bugun ertalab yana hujumga qaytadi. Inson bunga qanday bardosh berishi mumkin?

1965-yilda kapral sifatida xizmat qilgan Joe Houle Vetnamga kelgani haqida aytib berar ekan (2002-yilda Karolina dengiz piyodalari muzeyi direktori boʻlgan) yangi otryadining koʻzlarida hech qanday his-tuygʻularni koʻrmaganligini aytdi: „Ularning koʻzlari xuddi tiriklikdan judo boʻlganga oʻxshardi“. Keyinchalik u askarlarning bu holati „ming yardlik nigoh“ atamasi bilan nomlanishini bilib oldi. „Ilk marta doʻstimni yoʻqotganimdan soʻng, odamlardan uzoq yurganim yaxshi degan fikrga keldim“, degan edi u[2].

Havolalar tahrir

  1. Life magazine, 6/11/1945, p. 65. link
  2. Stone, Sgt. Arthur L.. „Retired Sgt. Maj. Joe Houle recounts Vietnam tour“. Marine Corps News (2-may 2002-yil). 7-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2015-yil.