Minhojiddin Haydar
Minhojiddin Haydar (1941.05.03, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘i) — jurnalist, shoir, tarjimon, dramaturg. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958-1960) o‘qiydi. Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida (1963-1968) tahsil ko‘radi. „Oʻzbekiston madaniyati“ (hozirgi „Oʻzbekpston adabiyoti va sanʼati“) ro‘znomasida, „Yosh gvardiya“ va Gʻafur Gʻulom nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib xizmat qiladi.
Minhojiddin Haydar hozirda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi „Minhoj“ saxovat nashriyotini ochib, unga o‘zi rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur nashriyotda xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlari chop etilmoqda.
Sheʼriy toʻplamalari
tahrir- „Inson yuragi“ (1971)
- „Nina ustida qasr“ (1979)
- „Oʻchmas bo‘ron“ (1979)
- „Tirik alanga“ (1984)
- „Bulbulsiz“ (1991)
Minhojiddin Haydarning „Musallo“ (1992) nomli publitsistik asari nashr etildi.[1]
Sheʼriy dramalari va pamfletlari
tahrir- „Onaizor“ (1970)
- „Do‘zaxdagi shayton“ (1976)
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Minhojiddin Haydar: „Bulbulsoʻz“ saqlab olish (Wayback Machine saytida 2016-04-17 sanasida arxivlangan)
- Minhojiddin Haydar: „Visol xabari“ saqlab olish (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)
- Minhojiddin Haydar „Buyuk shaxslar“ portalida (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)