Minimal yashovchan mahsulot

Minimal yashovchan mahsulot (inglizcha: minimum viable product, MVP) — bu minimal, lekin birinchi isteʼmolchilarning talablarini qondirish uchun yetarli funktsiyalarga ega boʻlgan mahsulotdir. Asosiy vazifasi — mahsulotning keyingi rivojlanishi uchun gipotezalarni shakllantirish borasidagi fikr-mulohazalarni yigʻib olishdir.[1][2]

MVP chiqarilishiga eʼtibor qaratilishi ishlab chiqaruvchilarning vaqt talab qiladigan va (oxir-oqibat) keraksiz ishlardan qochishlarini anglatadi. MVP-dan maʼlumot toʻplash koʻpincha juda koʻp funksiyalarga ega mahsulotni ishlab chiqishdan koʻra arzonroqdir. Bu, masalan, notoʻgʻri taxminlar tufayli mahsulot ishlab ketmasa, xarajatlar va xavflarni kamaytirish imkonini beradi.[3][4] Kompaniyada MVPning mavjud boʻlishi venchur moliyalashtirishni jalb qilish shartlaridan biridir.[5]

Bu atama taxminan 2001-yilda Frenk Robinson tomonidan oʻylab topilgan va taʼrif berilgan boʻlib, Stiv Blank va Erik Ris tomonidan ommalashtirilgan.[6][7][8][9] Bu atama, shuningdek, bozorning dastlabki tahlilini oʻtkazishni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

MVP mijozlar uchun bozor qanday munosabatda boʻlishini koʻrish uchun potentsial biznes modelini sinovdan oʻtkazib berishini inobatga olinsa, bu, ayniqsa, oldindan tayyorlab olingan izolyatsiyalangan biznes modelini amalga oshirishdan koʻra, koʻproq potentsial biznes imkoniyatlarini aniqlash gʻamida boʻlgan yangi / faoliyatini endi boshlayotgan kompaniyalar uchun foydalidir.[10]

ManbalarTahrirlash

  1. „Minimum Viable Product (MVP)“. techopedia.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  2. „Minimum Viable Product: a guide“. startuplessonslearned.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  3. „Minimum Viable Product: A maximally misunderstood idea“. slalom.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  4. „A Minimum Viable Product Is Not a Product, It's a Process“. ycombinator.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  5. „Series A, B, C Funding: Averages, Investors, Valuations“. fundz.net. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  6. „A Proven Methodology to Maximize Return on Risk“. syncdev.com. 18-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  7. „Perfection By Subtraction – The Minimum Feature Set“. steveblank.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  8. „The single worst marketing decision you can make“. thenextweb.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  9. „Venture Hacks interview: "What is the minimum viable product?"“. startuplessonslearned.blogspot.com. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
  10. „Why the Lean Start-Up Changes Everything“. hbr.org. Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.