Miqdor analizi
Miqdor analizi, miqdoriy analiz — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar miqdori (massasi, konsentratsiyasi va shahrik.) yoki miqdoriy nisbatlarni aniqlash usullari. Komponentlar sifatida atomlar, molekulalar, izotoplar, funksional guruhlar, fazalar va shahrik. boʻlishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning miqdoriga koʻra, makrousullar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarim mikro-usullar (0,01—0,1 g), mikro usullar (0,001—0,01 g), submikrousullar (0,1– 1 mg) va ultramikro usullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini namuna tarkibidagi miqdoriga koʻra, shartli ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy boʻlmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qoʻshimchalarga (0,01% dan kam) boʻlinadi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |