“Mirʼot ul-jinon” (“Koʻngil koʻzgusi”) – Imom Yofiʼiyning tarixiy asari. Toʻliq nomi – “Mirʼot ul-jinon va ibrat ul-yaqzon fiy maʼrifati havodis iz-zamon”. Ushbu asarda muallif 622–1350-yillardagi eng muhim voqealar, mashhur shaxslar haqida maʼlumot beradi. Ibn Xallikonning “Vafayot ul-ayon” (“Mashhur kishilarning tarjimai holi”) asari imom Yofiʼiy uchun asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Naso­yim ul-muhabbat”da Imom Yofiʼiy haqidagi bobda keltiradi[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.