Mir Abdullo eshon masjidi
Mir Abdullo eshon masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Mir Abdullo eshon jome masjidi
Mir Abdullo eshon | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Rizoqulov Davron domla Sirojiddinovich |
Gumbazlar soni | 5 |
Gumbazlar soni | 5 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirMir Abdullo eshon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Erkin qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Akmal Ikromov koʻchasi 30-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Rizoqulov Davron domla Sirojiddinovich boʻlib oʻzining goʻzal mav’izalari bilan masjiddaga hamma namozlarda chiqish qiladi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Erkin qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud. Masjidga Akmal Ikromov koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinida, koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti hisoblangan yirik namoz paytlarida masjid binosiga oʻz sigʻimidan ortiq namozxonlar koʻpayib ketishadi.
Tarixi
tahrirMir Abdullo eshon jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1992-yil 12-oktabr kunida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[3]. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 2000 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „МИР АБДУЛЛО ЭШОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"МИР АБДУЛЛО ЭШОH" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"МИР АБДУЛЛО ЭШОH" масжиди“. orginfo.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.