Mir Gʻiyos“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Asli isfahonlik boʻlib, Nishopur shahrida voyaga yetgan. Majzub soliklardan. Hirotda Shayx Axiy Muhammad Jomiyga murid tushgan. Bobo Muhammad Tusiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Piri vafotidan keyin Bodgʻis choʻlida yashab, langar qurgan. Bu langarxona Alisher Navoiy zamonida ham obod va maʼmur boʻlgan. “Nasoyim ul-muhabbat”ga ushbu shayx bilan bogʻliq fasl Navoiy tomonidan qoʻshilgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.