Mir Said Bahrom (Mir Sayyid Bahrom; X—XI asrlarda yashagan) — savdogar, islom dini arbobi. Xalq orasida avliyo sifatida tanilgan. Mir Said Bahrom haqida juda oz maʼlumot saqlangan. Qabri Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbarasida.

Mir Said Bahrom

Mir Said Bahrom maqbarasi, Karmana. X—XI asrlarda qurilgan
Tavalludi X asr
Vafoti XI asr
Karmana
Dini islom

Saqlanib qolgan maʼlumotlar

tahrir

Karmanaga kelishi

tahrir

Mir Said Bahrom ukalari Mir Said Ohu va Mir Said Jalol bilan islom dinini yoyish maqsadida qalandar sifatida Karmanaga kelgan[1].

Shaxsi

tahrir

„Mir Said“ („Mir Sayyid“) — sayyidlarning amiri degan maʼnoni anglatadi[2]. Mir Said Bahrom katta savdogar boʻlgan. U Karmanadan oʻtgan Buyuk Ipak yoʻli orqali Eron, arab davlatlariga borib savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Orttirgan boyligidan ehsonlar qilib xalq orasida obroʻ-eʼtibor qozongan. Fiqh, tarix ilmlarini yaxshi bilgan. Umrining oxirida tasavvuf yoʻliga kirgan, xalq orasida avliyo sanalgan. Somoniylar sulolasining mahalliy vakili sifatida Karmana hokimi etib tayinlangan. Ayrim manbalarda Mir Said Bahrom Karmana hokimi (yoxud begi) boʻlganligi aytiladi[1], boshqa manbalar buni inkor etadi[2].

Ilk eslanishi

tahrir

Mir Said Bahrom haqidagi ilk maʼlumotlar Abu Tohirxoja Samarqandiyning „Samariya“ asarida keltirilgan boʻlib, unda Mir Said Bahrom ulamo, din arbobi, taqvodor inson, karomatlar sohibi, avliyo sifatida taʼriflanadi. Shuningdek asarda Mir Said Bahrom silsilasi islom dini paygʻambari Muhammadga borib taqalishi haqida yozilgan[1].

Xotira

tahrir

Mir Said Bahrom vafotidan soʻng unga atab maqbara va masjid qurilgan. Keyinchalik, Mir Said Bahrom maqbarasining yoni qabristonga aylangan. Bu qabriston XX asrning oʻrtalarigacha saqlangan boʻlib, Mir Said Bahrom qabristoni deb atalgan. Shoʻrolar davrida Mir Said Bahrom nomidagi masjid va qabriston buzib yuborilgan.

Hozirda Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbarasi joylashgan koʻcha Mir Said Bahrom koʻchasi deb ataladi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Raxmonov, Amir „Mir Said Bahrom maqbarasining tarixiga nazar“. Navoitourism. Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi (2022-yil 24-mart). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  2. 2,0 2,1 Zaripov, Shernazar 2021, s. 74.

Adabiyotlar

tahrir
  • Azamat Zaripov, Shoyim Shernazar. Karmana kechmishi. Toshkent: Sahhof, 2021 — 192-bet. ISBN 978-9943-6665-8-0.