Mirabel saroyi
Mirabel saroyi (nemischa: Schloss Mirabell ) ― Salzburg shahrining meʼmoriy yodgorligi boʻlib, bogʻi tufayli u shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridandir.
Saroy, saroy bogʻi va uning atrofidagi binolar YUNESKO himoyasi ostidagi meʼmoriy yodgorlik sifatida tasniflanadi.
Tarixi
tahrirSaroy 1606-yilda yepiskop Wolf Ditrix fon Ratenau tomonidan sevimli Solomiya Alt uchun qurilgan va dastlab Altenau saroyi deb nomlangan. 1612-yilda yepiskop hibsga olinganidan keyin uning jiyani va saroyning yangi egasi Markus Sittikus fon Xohenems amakisining maʼshuqasi va 15 nafar bolasini saroydan haydab yuboradi. Markus Sittikus oʻzidan oldingi sharmandalikni eslatmaslik uchun saroyning nomini oʻzgartirib, uni Mirabel deb nomlaydi, bu italyancha „juda chiroyli“ degan maʼnoni anglatadi (- chiroyli).
U koʻp marta qayta qurilgan va 1727-yilda oʻzining yakuniy shakliga ega boʻlgan. Dastlabki binodan podvalli binodagi janubi-sharqiy qanotning faqat bir qismi qolgan.