Miran Maričić

Xorvatiyali sportchi

Miran Maričić (1997-yil, 17-iyun; Bjelovar, Xorvatiya) — Xorvatiyalik sportchi. Sportning oʻq otish turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Jahon chempionatining bronza medali sohibi. Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni va Yevropa chempionati sovrindori.

Miran Maričić
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
Tavallud sanasi 17-iyun 1997-yil (1997-06-17) (27 yosh)
Bjelovar, Xorvatiya
Sport
Qaysi sport Oʻq otish
Klubi SD Bjelovar 1874
Murabbiy(lar)i Damir Bošnjak

Tarjimai holi

tahrir

Miran Maričić 1997-yil 17-iyunda Xorvatiyaning Bjelovar shahrida tugʻilgan[1]. Varaždindagi Zagreb universiteti (FOI)ning axborot texnologiyalari yoʻnalishida tahsil olmoqda[2].

Faoliyati

tahrir

Miran shaxsiy murabbiyi Damir Bošnjak boshchiligida „SD Bjelovar 1874“ oʻq otish klubi sharafini himoya qiladi[3]. Miran Maričić 2017-yilda Suhlda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioniga aylangan[4]. 2018-yilning 31-avgustidan 15-sentyabriga qadar Changvon shahrida oʻtkazilgan oʻq otish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi 2018-yilgi jahon chempionatida Maričić 10 metr masofada pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan[5].

Maričić 2021-yilda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. 10 metrga pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha musobaqaning saralash bosqichidan oʻta olmagan[6]. Xuddi shu musobaqaning 50 metrda oʻtkazilgan saralash bahslarida uchinchi oʻrinni egallagan. Final bosqichida esa oltinchi oʻrinni egallagan[7].

Miran 2017-yilda koʻrsatgan ajoyib natijalari va sportni rivojlantirish qoʻshgan hissasi uchun sportchilarga beriladigan Dražen Petrović mukofotiga loyiq deb topilgan[8]. 2017, 2018 va 2019-yillarda Bjelovar shahrining eng yaxshi sportchisi deb topilgan.

2024-yilning mart oyida oʻtkazilgan Xorvatiya kubogida Miran Maričić kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1- oʻrinni „Dalmacijacement“ oʻq otish sharafini himoya qilgan sportchi Josip Sikavica va 3-oʻrinni „Končar-Zagreb 1786“ klubi nomidan ishtirok etgan sportchi Borna Petanjek egallagan. Jamoaviy bahslarda esa Miran Maričić jamoadoshlari Matej Čavlović va Tin Đuranec bilan birgalikda 3-oʻrinni egallagan[9].

Manbalar

tahrir
  1. „ISSF profile - Miran Maričić“ (en). issf-sports.org. 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  2. „Uspjeh studenta FOI-ja na Svjetskom prvenstvu u disciplini zračna puška u Changwonu“ (hr). foi.unizg.hr. Fakultet organizacije i informatike (2018-yil 4-sentyabr). 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
  3. Sobodić. „U Gradu Bjelovaru organiziran prijem za mlade Bjelovarčane koji su ostvarili uspješne rezultateBjelovar mayor's reception of prospeorus athletes“ (hr). bjelovar.info (2018-yil 10-yanvar). 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  4. „Miran Maricic the Junior World Champion“ (en). issf-sports.org. 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  5. „Croatians on the podium winning two Quota places for Tokyo 2020 Summer Olympic Games“ (en). issf-sports.org. 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  6. „Shooting – 10m Air Rifle Men – Qualification Results“ (en). olympics.com. TOCOG (2021-yil 25-iyul). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  7. „Shooting – 50m Rifle 3 Positions Men – Final Results“ (en). olympics.com. TOCOG (2021-yil 2-avgust). 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  8. „Dodijeljena Nagrada HOO-a "Dražen Petrović" 2017“ (hr). hoo.hr. Croatian Olympic Committee. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  9. „Miran Maričić srebrni, a Tatjana Banjac brončana u finalu Kupa Hrvatske“ (xorvatcha) (2024-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 27-may.