Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov (1995-yil 27-fevral, Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, eng yengil, ikkinchi yengil va yarim yengil vazn toifalarida ishtirok etib keladi. Jahon chempioni (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), Osiyo chempioni (2019), Havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2021).

Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 27-fevral 1995-yil (1995-02-27) (29 yosh)
Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Boks
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Oltin Yekaterinburg 2019 57 kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Oltin Djakarta 2018 56 kg gacha
Osiyo chempionati
Oltin Bankog 2019 56 kg gacha
Kumush Dubay 2021 56 kg gacha

Havaskorlik faoliyati

tahrir

U 2014-yildan buyon havaskor boks bilan shugʻullanib keladi. Mirazizbek Mirzaxalilov eng yengil vazn toifasida ishtirok etib keladi.

2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, finalda KXDR sportchisi Xyo Nam Yo ustidan gʻalaba qozonib, yengil vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritadi[1].

2019-yilda Bangkokdagi Osiyo chempionatida u qitʼamiz chempioni boʻldi, finalda hindistonlik bokschi Kavinder Singht Bishtni magʻlub etadi[2].

2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Mirazizbek hal qiluvchi jangga chiqdi va u kubalik bokschi Lazaro Alvaresni yutib, oltin medal va chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[3].

Professional faoliyati

tahrir

2021-yilning 3-aprelida u mahoratli tanzaniyalik Tasha Mjuadjini (17-7-2) 1-raundda nokaut qilib, professional faoliyatini boshlagan.

2021-yil Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida Mirazizbek Mirzaxalilov 1/8 final bahsida raqibi irlandiyalik Kurt Uokerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi[4].

2022-yilning mart oyida boks boʻyicha Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sportchilari oʻrtasida oʻtkazilgan lisenzion turnirda 57 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov turnir mezboni bokschisi Mohamma Alvadiga qarshi ringga koʻtarilgan edi. Mirzahalilov raqibi ustidan ishonchli tarzda 5:0 hisobida gʻalaba qozonadi[5].

Unvon va mukofotlari

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir