Mirhalil hoji ota jome masjidi
Mirhalil hoji ota jome masjidi — Toshkent viloyati Zangiota tumani joylashgan masjid hisoblanadi[1].
Masjid | |
Mirhalil hoji ota jome masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent viloyati |
Manzil | Zangiota tumani |
Mulkdor | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Muhammadjonov Ulugʻbek |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 13 |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik |
Mirhalil hoji ota jome masjidi 2004-yilda tuman Qizgʻaldoq qishloq ahli tomonidan barpo etilgan. Masjid xonaqohi 2 qavatli boʻlib, unda 7 ta ustun va gumbaz mavjud. Masjidning gʻarbiy tomoniga 2 ta 13 metrli minora qurilgan.
Masjid yonida 1969-yilda tashkil etilgan „Toʻychi ota“ qabristoni yonida joylashgan. Masjid 2000 nafar namozxonga moʻljallangan. Masjid binosi 1992-yil xalq hashar yoʻli bilan barpo etilgan[2] va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2004-yil 17-may sanasida „Toʻychi ota“ nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida 275-raqam bilan roʻyxatga olingan.
2010-yil xalq hashar yoʻli bilan uning binosini qayta qurish ishlari boshlanib, qurilish ishlari 2011-yil yakuniga yetkazilgan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 5000 nafar namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy va shinam binoga ega. Uning ilk binosi sigʻimi 350 oʻrinni tashkil etar edi.
Masjidning ilk nomi, yaʼni „Toʻychi ota“ aholi taklifiga koʻra unga bevosita tutash joylashgan „Toʻychi ota“ qabristoni nomiga qoʻyilgan. Qayta qurilgach uning „Toʻychi ota“ nomi aholi taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2011-yil 19-dekabr sanasida uning binosini qayta barpo etilishida munosib tashabbus koʻrsatgan inson — „Mirhalil hoji ota“ ismiga oʻzgartirilgan.
Masjid imom-xatibi: Muhammadjonov Ulugʻbek
Masjid manzili: Toshkent viloyati Zangiota tumani Qizgʻaldoq qishlogʻi Zahariq mahallasi Bobur koʻchasi 128-uyda joylashgan.