Mirxond

Temuriylar saroyida xizmat qilgan oʻrta asrlar tarixchisi

Mirxond — fors tarixchisi, Temuriylar saroylarida mavjud boʻlgan saroy tarixshunoslari maktabining vakillaridan biri.

Mirxond
Mir Muhammad ibn Sayyid Burxonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy
Tavalludi 1433-yilda
Balx (hozirgi Afgʻoniston)
Vafoti 1498-yilda
Hirot (hozirgi Afgʻoniston)
Fuqaroligi Temuriylar imperiyasi

Tarjimayi holi

tahrir

Mirxond haqidagi biografik maʼlumotlar uning tarixiy asarining kirish soʻziga asoslanadi. Uning otasi Burxoniddin Buxoroda yashagan zodagon sayyidlar (paygʻambar avlodlari) oilasidan edi. Lekin Balxga koʻchib oʻtgan, u yerda umr boʻyi yashagan va 1433-yil (hijriy 837-yil)da Mirxond tugʻilgan. Mirxond Hirotda yashagan. U vazir va mashhur shoir Alisher Navoiy davrasiga mansub boʻlib, u koʻplab yozuvchilarga, jumladan, Mirxond va nabirasi Xondamirga homiylik qilgan. Mirxond Navoiyning taklifiga binoan „Ravzat us-safo“ asarini yozadi. Buning uchun u umrining birinchi yarmini tarix kitoblarini oʻqish va oʻrganishga bagʻishlagan. Mehnat sharoitlari qulay edi, Mirxond turli adabiyotlarga va unga tegishli boʻlgan oʻz davriga oid eng soʻnggi manbalariga ega edi. Mirxond 1498-yilda (miloddan avvalgi 903-yil) Hirotda vafot etgan. Uning ishi tugallanmagan va uni nabirasi Xondamir yakunlagan. Aftidan, nabirasi yettinchi jildning muhim qismini yozgan (bu jild Mirxond vafotidan keyingi voqealarni qamrab oladi) va ehtimol boshqa qismlarni ham tahrir qilgan boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • Материалы по истории туркмен и Туркмении. Т. 1. М. Институт Востоковедения. 1939;
  • Советская историческая энциклопедия. — М.: Советская энциклопедия . Под ред. Е. М. Жукова. 1973—1982.