Mirza Polvon Alimov — (1889—1926) — Samarqand shahri va Urgut tumanida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi. Mirza Polvon qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Mirza Polvon
Mirza Polvon Alimov
Samarqand shahri va Urgut tumanida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1889-yil
Fargʻona
Vafoti 1926-yil

Tarjimayi holi

tahrir

Mirza Polvon 1889-yilda Samarqand uyezdi Yangi Qozonariq volostining Beshkapa qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1918-yil qizil armiyaga qarshi Ochilbek qoʻrboshi rahbarligida kurash olib borishni boshlaydi. 1923-yil Ochilbek qoʻrboshi vafot etgach, uning qoʻshiniga Hamroqulbek rahbarlik qiladi. Biroq Mirza Polvon unga boʻysunishni istamaydi va Samarqand atrofi va Urgut tumanida mustaqil harakat qilishni boshlaydi. Mirza Polvon mard va polvon, jasur kishi boʻlgan.

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

Mirza Polvon 1924-yilda Urgutda tanilgan Olovxon Eshon yordami bilan Samarqand viloyati militsiya boshqarmasi boshligʻi Rahimbek Azimbekovni qoʻlga olish rejalarini amalga oshirgan. Mirza Polvon oʻzining bir necha yillik doʻstini Abduqodir Polvonni oʻziga oʻrinbosar qilib qoʻygan edi. Mirza Polvonning dovrugʻi Turkistonda kundan-kunga oshib, uni qoʻlga olish qiyinlashgan. Sovet hokimiyati uni qoʻlga olish rejalari izlay boshlagan. Shullukli Nayman qishlogʻidagi Mulla Alimboy bilan Mirza Polvon juda yaqin edi. Bu holat kommunistlarga ayon boʻlgach, shu orqali Mirza Polvonni qoʻlga tushurmoqchi boʻlishgan. 1925-yil 7-aprelda Urgutning Shullukli qishlogʻida boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, boy xonadonida yashiringan va gʻaflatda qolib, toʻrt besh yigiti bilan qizil armiya tomonidan qamoqqa olinib, otib oʻldirilgan. Shu tariqa Mirza Polvon sovet hokimiyatining makkorligi bilan qamoqqa olingan va otib oʻldirilgan. Ammo keyinchalik Polvonning tiriq qolgan yigitlari sovet hokimiyati vakillaridan oʻch olishgan[2].


Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.