Mannaf Atamatovich Mirzamuhamedov (1920.20.09 — Toshkent — 2002.26.04) — pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari doktori (1976), professor (1977). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgach (1943), shu institut bolalar kasalliklari kafedrasida assistent, dotsent (1950—1954), ayni vaqtda Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar klinikasida bosh shifokor. SamTI rektori (1955— 1960); Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti direktori (1960—1963), bolalar kasalliklari kafedrasi do-senti (1963—1965), Pediatriya ilmiy tadqiqot instituta direktori (1966—1976); Toshkent tibbiyot akademiyasi (1976—1990) va 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri (1990—1997); 1997-yildan shu kafedrada konsultant. Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekiston sharoitida bolalarda uchraydigan oʻtkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi, tarqalishi, patogenezi va boshqa masalalarga oid. 1darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil