Mirzasulton Mamatqosimov
Mirzasulton Abduraimovich Mamatqosimov (1967-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2021-yil 27-aprel, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor
Mirzasulton Abduraimovich Mamatqosimov | |
---|---|
Tavalludi |
1967-yil Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
27-aprel 2021-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik olim |
Sohasi | fizika |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirMirzasulton Mamatqosimov 1967-yil Zomin tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1995—2021-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan[1].
Vafoti
tahrirMirzasulton Mamatqosimov 2021-yil 27-aprelda vafot etgan[1][2].
Ilmiy faoliyati
tahrirMirzasulton Mamatqosimov 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fizika-Quyosh“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1999-yilda „Yuqori temperaturali quyosh qurilmalari koʻzgularini yustirovka va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish“ mavzusida nomzodlik, 2017-yilda „Katta Quyosh pechi va boshqa energetik qurilmalar samaradorligini oshirish uchun ularning ko‘zguli mujassamlashtiruvchi tizimlarini optimizatsiyalash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Xotira: 2021-yil ilm-fan yo'qotishlari“ (2021-yil 30-dekabr).