Mirzo Gʻolib koʻchasi (Toshkent)

Mirzo Gʻolib koʻchasi — Olmazor tumanining Mirzo Gʻolib va „Universitet“ mahallalari hududida Forobiy va Qamarniso koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1 km. 1969-yil 30-iyunda yangi tashkil topgan koʻchaga shoir, faylasuf, tarixchi va lugʻatshunos olim Mirzo Gʻolib (1797-1869) nomi berilgan[1].

Mirzo Gʻolib koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Uzunligi 1 km
Kim sharafiga nomlangan Mirzo Gʻolib
Koʻchada joylashgan binolar Oʻzbekiston milliy universiteti tarix fakulteti va harbiy kafedra

Yoʻnalishida koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari, 82-bogʻcha, Politexnika kasb-hunar kolleji, Mirzo Gʻolib mahalla idorasi va guzari, Oʻzbekiston milliy universiteti tarix fakulteti va harbiy kafedra, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari, shu jumladan tramvay harakati yoʻlga qoʻyilgan. Yaqinida Oʻzbekiston milliy universitetining asosiy binosi, „Beruniy“ metro bekati, Xalq isteʼmol mollarining koʻrgazma-yarmarka respublika markazi, Onkologiya markazi, Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.