Misrning yangi poytaxti – borasidagi katta proektni, 2015-yilning 13-mart kuni Misrning qurilish vaziri Mustafo Madbuli, Misrning iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha konferensiyada eʼlon qildi[1].

Misrning yangi poytaxti
30°2′1″N 31°45′18″E / 30.03361°N 31.75500°E / 30.03361; 31.75500
[[File:|290px|Misrning yangi poytaxti xaritada]]

Yangi shahar-poytaxt, Misrning hozirgi poytaxti Qohiraning shahrqiy qismida, ikkinchi okrug yoʻlining rivojlanmagan qismida barpo etilishi rejalashtirilgan. Yangi shahar Qohiradan farqli oʻlaroq Suvaysh kanaliga yaqinroq joylashgan boʻladi. Reja boʻyicha, hozircha nomsiz yangi shahar-poytaxt Misrning yirik maʼmuriy va iqtisodiy poytaxtiga aylanadi. Shuningdek, yangi shaharda barcha davlat organlarining bosh binolari, yirik kompaniya va korporatsiyalar ofislari joylashadi, Maydoni 700 km² boʻlishi rejalashtirilayotgan shaharda qariyb besh million kishi istiqomat qilishi koʻzda tutilgan[2].

Yangi shaharda, dunyodagi eng yirik park – AQSHning Kaliforniya shtatidagi „Disneylend“dan toʻrt baravar yirik park boʻlishi rejalashtirilgan. Qariyb 90 km² maydonda esa, „quyosh fermalari“, yaʼni quyosh nuridan elektrostansiyalarga energiya yetkazib beradigan majmua quriladi. Yangi shaharda yangi xalqaro aeroport qurilishi ham koʻzda tutilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Egypt plans new capital adjacent to Cairo“. Al Jazeera (14-mart 2015-yil). Qaraldi: 14-mart 2015-yil.
  2. „Egypt to build new administrative and business capital“. BBC News (13-mart 2015-yil).
  3. Chem proslavitsya novaya stolitsa Yegipta: krupneyshiy v mire park i „solnechnie fermi“