Mixail Astrov
Mixail Sergeyevich Astrov [1882.19.9 (2.10) – 1957.23.4 – Toshkent] – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1941), professor (1932), tibbiyot fanlari doktori (1935), Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet jarrohligi kafedrasi mudiri (1932–56), Oʻzbekiston jarrohlar jamiyatining raisi (1945–56). Meʼdaichak, taloq, koʻrichak kasalliklari jarrohligi, neyrojarrohlik, buqoqni jarrohlik usulida davolash va boshqa sohalarda ilmiy ish olib borgan.[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |