Mixail Aleksandrovich Salye (1899-yil 21-avgust — 1961-yil 17-avgust) sovet arabshunos olimi va tarjimoni edi. Salye "Ming bir kecha" asarini arab tilidan rus tiliga birinchi boʻlib tarjima qilgan. Bundan tashqari, „Ming bir kecha“ning Kalkutta II nashrida mavjud boʻlmagan yetti ertakni ham rus tiliga tarjima qilgan.

Salye 1919-1923-yillarda Sankt-Peterburgdagi Sharq tillari Universitetida tahsil olgan. 1926-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlab, xuddi shu universitetning Gʻarb va Sharq adabiyoti va tillarini qiyosiy tahlil qilish institutiga oʻqishga kirdi. 1921-1922-yillarda Toshkentga safar qildi va u yerda mahalliy institutlarda maʼruzalar oʻqidi. 1934-yilda SSSR Yozuvchilar Uyushmasiga qabul qilindi. U Tavfiq Al-Hakim va boshqa yozuvchilarning asarlarini tarjima qildi.

Salye Toshkentdagi Botkinskoe qabristoniga dafn qilingan.

Asarlari (Rus tilida)

tahrir
  • "Materiali dlya datirovki skazki ob Al-ad-dine Abu-sh-Shaalate (iz „Tisyachi i odnoy nochi“)
  • „Neizvestniy variant skazki o ribake i duxe iz 1001 nochi“
  • „Alisher Navoi kak biograf“
  • „Muxammed al Xorezmi — velikiy uzbekskiy ucheniy“

Manbalar

tahrir
  1. Isaak Filshtinskiy. „O perevodax 1001 nochi“ Tisyacha i odna noch. Izbrannie skazki (rus tilida). Sheherazade.ru.
  2. „Sale Mixail Aleksandrovich“ (rus tilida). Agentstvo po uxodu za pamyatnikami i mogilami v Tashkente.