Mizantropiya
Mizantropiya — lug‘aviy ma’noda "insonlardan nafratlanish, ularni yoqtirmaslik yoki ulardan qo‘rqish" degan ma’noni anglatadi. Ushbu qarash va fikrlarga ega bo‘lgan shaxslarga esa mizantrop yoki mizantropist deyiladi. [manba kerak]
Ta’rif
tahrirMizantropiya insoniyatning tabiati va yoki harakatlariga nisbatan nafrat hissi bilan tavsiflanishi mumkin. Boshqa bir nuqtai nazardan, mizantropiya gumanizmning mutlaqo qarama-qarshisi bo‘lmasa-da, inson markaziy o‘ringa loyiq emasligini ifodalaydi. Mizantropiya fikrini qo‘llab-quvvatlagan kishilar "mizantrop" yoki "mizantropist" deb ataladi.
Xususiyatlari
tahrirMizantropistlar inson tabiatan yomon ekanligiga ishonadi. Tabiatan yomon bo‘lgan mavjudot, beixtiyor bo‘lsa ham, yomonlik qiladi, boshqalarni ham yomonlikka undaydi yoki qilingan yomonlikka ko‘z yumadi. Tarix davomida o‘z avlodiga va sayyorada yashovchi boshqa barcha tirik mavjudotlarga zarar yetkazib kelgan insoniyat buni ko‘pincha o‘z manfaatlari yoki qo‘rquvlari sabab amalga oshirgan. Masalan, bir kishi pul evaziga boshqasini o‘ldirsa, bu manfaat uchun; yo‘lda chayon yoki ilonni ko‘rib, ularni bosib o‘ldirgan odam esa bu mavjudotlardan qo‘rqqani uchun bunday yo‘lni tanlagan. Shubhasiz, bu kabi holatlarning har ikkalasiga ham insoniyat tarixida ko‘plab misollar mavjud. Ammo mizantropiya haqida gap ketganda faqatgina o‘ldirish harakati nazarda tutilmasligi kerak. Inson tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat, zo‘ravonlik va yomonlik harakatlari mazkur fikrlarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu Psixologiyaga oid bo'lgan maqoladada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. (Noyabr, 2024) |