Mo'g'uliston — Ukraina munosabatlar
Moʻgʻuliston — Ukraina munosabatlari- Moʻgʻuliston va Ukraina oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar 1992-yil 21-yanvarda oʻrnatilgan. Mamlakatlarning poytaxtlarida elchixonalari mavjud emas — Moʻgʻuliston bilan aloqani Ukrainaning Xitoy va Moʻgʻulistondagi elchixonasi (bir vaqtning oʻzida) olib boradi. Moʻgʻulistonning Ukrainadagi manfaatlarini Moʻgʻulistonning Polshadagi elchixonasi va Moʻgʻulistonning Ukraina poytaxti Kievdagi konsullik agentligi himoya qiladi[1].
Moʻgʻuliston |
Ukraina |
Huquqiy baza
tahrir- Ukraina va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari va hamkorlik shartnomasi (1992)[2]:
- Moʻgʻuliston Prezidentining Ukrainaga rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonot (2002);
- Ukraina va Moʻgʻuliston prezidentlarining qoʻshma bayonoti (2003);
- Ukraina va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot (2011).
Jami 65 ta hujjat[3].
Siyosiy munosabatlar
tahrirUkraina va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi munosabatlar anchadan beri rivojlanib bormoqda — mamlakatlar SSSR davridan beri samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Davlatlar oʻrtasida vizasiz rejim mavjud. Oliy darajadagi muloqot barqaror va doʻstona xarakterga ega boʻlib, davlat rahbarlari muntazam ravishda bir-birlariga tashrif buyurib keladilar. Shuningdek ikkala davlatlar oʻsrtasidagi tashriflar Isroil (Quddus, 2008-yil may), BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasi (Nyu-York, 2009-yil sentyabr), shuningdek Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi (2011-yil yanvar) doirasida uchrashishgan.
Iqtisodiy munosabatlar
tahrirSavdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Ukraina — Moʻgʻuliston hukumatlararo komissiyasi mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Moʻgʻuliston Ukrainadan import qiluvchi mahsulotlar: shakar va qandolat mahsulotlari, kakao va kakao mahsulotlari, tamaki, temir yoʻl lokomotivlari, don mahsulotlari, qogʻoz va karton, mashinalar va shunga oʻxshash sanoat mahsulotlari va asbob uskunalarni sotadi.
Ukraina Moʻgʻulistondan tuz, oltingugurt va tosh import qilib oladi, ikkala davlat oʻrtasida savdo aloqalar nisbatan past koʻrsatgichni tashkil etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Z іstorії Posolstva Ukraїni v Mongolії“. 2020-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ Dogovіr pro drujnі vіdnosini і spіvrobіtnitstvo mіj Ukraїnoyu і Mongolієyu
- ↑ Dogovіrno-pravovaya baza mіj Ukraїnoyu і Mongolієyu