Mohammad Reza Khanzadeh (talaffuzi: Muhammad Rizo Xonzoda) (forscha: محمدرضا خانزاده) (1991-yil 11-mayda tugʻilgan) — eronlik futbolchi. Mohammad Reza Khanzadeh Bangladeshning „Bashundhara Kings“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Mohammad Reza Khanzadeh xalqaro oʻyinlarda Eron milliy futbol terma jamoasi safida Eron sharafini himoya qiladi.

Mohammad Reza Khanzadeh
Khanzadeh 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mohammad Reza Khanzadeh Darabi[1]
Tavallud sanasi 11-may 1991-yil (1991-05-11) (32 yosh)
Tavallud joyi Tehran, Eron
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bashundhara Kings
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2009 Rah Ahan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Rah Ahan 9 (0)
2012—2015 Persepolis 33 (0)
2013—2014Zob Ahan (ijara) 15 (0)
2015—2016 Foolad 11 (0)
2016—2017 Siah Jamegan 20 (1)
2017—2018 Padideh 25 (4)
2018—2019 Al Ahli 13 (0)
2019—2021 Tractor 39 (3)
2021—2022 Gol Gohar Sirjan 10 (0)
2022 Bashundhara Kings 0 (0)
Milliy terma jamoa
2006—2008

Eronning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (3)
2008—2011

Eronning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
9 (2)
2011—2014

Eronning 23 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
11 (2)
2012 Eron 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 9-iyun uchun)

Faoliyati tahrir

Rah Ahan tahrir

2009-yilda Mohammad Reza Khanzadeh "Rah Ahan" futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Mohammad Reza Khanzadeh klub safida toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi. Bu oʻyinlarda u ikkita sariq kartochka oldi.

Persepolis tahrir

Mohammad Reza Khanzadeh 2012-yilning 2-iyunida "Persepolis" futbol klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Mohammad Reza Khanzadeh 2012-yilning 16-sentyabrida „Persepolis“ futbol klubi safida „Naft Tehron“ futbol klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Mohammad Reza Khanzadehni muxlislar „Persepolis Raphaël Varane“ni deb atashdi.

Zob Ahan (ijara) tahrir

2013-yilning 18-noyabrida Mohammad Reza Khanzadeh 2013—2014-yilgi mavsum oxirigacha „Zob Ahan“ futbol klubiga ijaraga berildi. Mohammad Reza Khanzadeh „Persepolis“ klubiga qaytishdan oldin „Zob Ahan“ klubi safida 15 ta oʻyin oʻtkazdi.

Persepolis tahrir

Mohammad Reza Khanzadeh „Zob Ahan“ futbol klubida olti oy oʻtkazgandan soʻng, 2014—2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Persepolis“ futbol klubi safiga qaytdi. 2015-yilning 22-aprelida Mohammad Reza Khanzadeh va bir qancha jamoadoshlari 2015-yilgi AFC Chempionlar ligasida „Persepolis“ klubining „Lekhwiya“ klubiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng „Persepolis“ muxlisi bilan janjallashib qolgan edi[2]. 2015-yil 28-aprel kuni Eron futbol intizom qo‘mitasi Mohammad Reza Khanzadehga Erondagi har qanday musobaqalarda qatnashishni to‘qqiz oyga taqiqladi. Biroq unga „Persepolis“ klubi bilan mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat berildi[3].

Foolad & Siah Jamegan tahrir

Mohammad Reza Khanzadeh 2015—2016-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Foolad“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Klub tarkibida bir mavsum oʻynaganidan keyin Mohammad Reza Khanzadeh „Siah Jamegan“ futbol klubiga sotildi.

Padideh tahrir

Mohammad Reza Khanzadeh 2017—2018-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Padideh“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Mohammad Reza Khanzadeh jamoadagi ilk mavsumida 4 ta gol urdi.

Karyera statistikasi tahrir

Klub Boʻlim Mavsum Liga Kubok Osiyo Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Rah Ahan Pro-liga 2009—2010 0 0 0 0 0 0
2010—2011 0 0 0 0 0 0
2011—2012 9 0 0 0 9 0
Persepolis 2012—2013 12 0 2 0 14 0
2013—2014 4 0 0 0 4 0
Zob Ahan 15 0 1 0 16 0
Persepolis 2014—2015 17 0 3 0 3 0 23 0
Foolad 2015—2016 11 0 1 0 12 0
Siah Jamegan 2016—2017 20 1 0 0 20 1
Padideh 2017—2018 25 4 1 0 26 4
Al Ahli Stars ligasi 2018—2019 13 0 0 0 13 0
Tractor Pro-liga 2019—2020 27 0 4 2 30 2
2020—2021 6 0 0 0 0 0 6 0
Jami 161 5 12 2 3 0 176 7

Xalqaro tahrir

Eron
Yil Oʻyin Gollar
2012-yil 3 0
2013-yil 1 0
2014-yil 3 0
2015-yil 0 0
2016-yil 0 0
2017-yil 0 0
2018-yil 6 1
Jami 13 1

Manbalar tahrir