Mohsen Namjoo
Mohsen Namju (forscha: محسن نامجو) eronlik qoʻshiqchi, shoir, bastakor va musiqachi. Uning musiqiy uslubiga blyuz, rok, shuningdek, Eron xalq musiqasi taʼsir koʻrsatadi.
Mohsen Namjoo | |
---|---|
محسن نامجو | |
Tavalludi |
4-mart 1976-yil Torbat-e Jam, Razavi Khorasan, Eron |
Fuqaroligi | Eron |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1993-hozirgacha |
Veb-sayti | www.mohsennamjoo.com |
Bolalik va taʼlim
tahrirNamju 1976-yil 4-martda Eron shimoli-sharqidagi Razaviy Xurosonning Torbat-e Jom shahrida tug‘ilgan. Dinga qattiq qaraladigan shahar Mashhadda oʻsgan[1]. Oʻn ikki yoshidan klassik fors musiqasini oʻrgana boshlagan[1]. Yoshlik chogʻlarida Gʻarb musiqasini tinglashga tutinib, Jim Morrison, Erik Klapton va Kris de Burg kabi musiqachilarga qiziqib qoladi[1].
1994-yili Tehron sanʼat universitetiga oʻqishga qabul qilingan[1].
Faoliyat
tahrir1997-yil oxiri va 1998-yil boshida Namju oʻzining „Eron sheʼriyati va musiqasining zamonaviy uygʻunligi“ mavzusidagi birinchi ikkita konsertini oʻtkazdi[2]. 2003-yilda Tehronda oʻz asarlaridan baʼzi qismlarni yozib olishni boshladi. Uning „Toranj“ nomli debyut albomi 2007-yil sentyabr oyida Eronda rasman chiqarildi va ilk bor eronliklarning eʼtiborini qozondi. Bu albom 2008-yilda Namjuni muhojirlik hayotiga majburlagan islomiy rejimni haqoratlagan edi[3].
Qolaversa, u film va spektakllar uchun saundtreklar yozgan. 2010-yilda Namju oʻzining eng mashhur va isyonkor qoʻshiqlari atrofida birlashgan yangi ansambli bilan „A Minor“ gastrolini boshladi. Iyun oyida ular Los-Anjelesdagi (Kaliforniya, AQSh) Uolt Disney konsert zalida chiqish qilishdi. Oktyabr oyida ular Toronto, Ontario, Kanadadagi Sony markazida komsert berishdi. Mohsen Namju, shuningdek, iyun oyida ingliz tilida kuylangan „Such strange times“ qoʻshigʻini omma eʼtiboriga havola etdi.
2011-yilning kuzida Namju oʻzining navbatdagi „Alaki“ albomini Stenford universitetidagi kontsertida jonli ravishda yozib oldi. Ushbu albom uning Stenford Pan Osiyo musiqa festivalidagi chiqishining bir qismi edi. Uning guruhi aʼzolari quyidagilardan iborat edi: Ali Bazyar (Perkussiya), Dina Zarif (bek vokal), Tannaz Jaffari (bek vokal), Serwah Tabbak (bek vokal), Siamack Sanaie (gitara), Mark Deutsch: (bazantar, gitara)
2013-yil oxiridan beri Mohsen Namju Braun Universitetida Yaqin Sharq Tadqiqotlari 2014 loyihasi doirasida Rezidensiyadagi sanʼatkor sifatida ishlaydi. Rezidentlik davrida u bir qator faoliyat bilan shugʻullanadi. 2013-yil 7-dekabrda rezidensiyasini boshlash uchun Granoff ijodiy sanʼat markazida spektakl berdi[4]. 2014-yil bahorida u „Anʼana va isyon: fors va eron musiqasi“ kurslarini oʻtdi, jamoatchilik auditoriyasiga „Shahram Shabpareh: halollik va kichik o‘lchov“[5] va Eron ritmlari kabi mavzularda bir nechta musiqiy maʼruzalar qildi[6]. 2014-yil bahorgi semestri 10-may oqshomida tomoshabinlar toʻlib-toshgan konsert bilan yakunlandi[7].
Namju bir nechta filmlarda ham suratga tushgan. U xalqaro kinofestivallarda namoyish etilgan "Sukunat tovushi" (rejissyorlar: Amir Hamz va Mark Lazarz) hujjatli filmida rol ijro etgan. Qolaversa, turli kinofestivallarda qatnashgan "Dafn marosimi uchun bir necha kilogramm xurmo" (rejissyor Saman Saloor) nomli badiiy filmda ham koʻrinish berdi. 2016-yilda Bobak Jalolining „Radiodagi orzular“ badiiy filmida oʻynagan. Uning Ehsan Matoori bastalagan „Begoo be baran“ nomli yangi qoʻshigʻi 2019-yil mart oyida Sheed Records kompaniyasi tomonidan eʼlon qiligan[8]. Ehsan Matoori bastalagan va prodyuserlik qilgan „Phantasm“ nomli yangi albomi 2019-yil 27-aprelda San-Frantsiskoda taqdimot qilindi[9]. 2009-yilda u Eronda Qurʼon mazmunini „mensimagan“ musiqalar yaratgani uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Namju chet elda yashaganligi sababli, hukm ayblanuvchining ishtirokisiz chiqarildi[10].
Diskografiya
tahrirAlbomlar
tahrir- Studiya albomlari
Yil | Sarlavha | Forscha |
---|---|---|
2005-yil | Damavand | دماوند |
2006-yil | Jabr | گیس |
2007-yil | Toranj | ترنج |
2008-yil | Jabri Jogʻrafiyai | جبرِ جغرافیایی |
2009-yil | Oy | آخ |
2011-yil | Foydasiz oʻpichlar | بوسههای بیهوده |
2014-yil | Trust the Tangerine Peel | از پوست نارنگی مدد |
2016-yil | Shaxsiy kod | صفر شخصی |
2018-yil | Koʻz yoshlari kamon ipida | بر چلّه کمان اشک |
2019-yil | Fantazm | سودای من |
2020-yil | Ulugʻvor | مطنطن |
2020-yil | Simfonik Odissey | سمفونیک اودیسه |
- Jonli albomlar
Yil | Sarlavha | Forscha | Eslatma[11] |
---|---|---|---|
2011-yil | Alaki | الکی | Dekabr oyida |
2012-yil | 13/8 | سیزده/هشت | Kuzda |
2017-yil | Sharqdan ovozlar | آوازهایی از شرق | Iyul oyida |
2017-yil | Yolgʻizlik oʻqi | مؤلفۀ عزلت | Oktabr oyida |
Kitoblar
tahrirAudio kitoblar
tahrir- Alkimyogar (Paulo Koelo), Caravan (nashriyot), 2008[11]
Kitoblar
tahrirTeatr
tahrir- Jana va Balador (2012 — „Shadowzsda oʻyin“, rejissyor Bahram Beyzay)
- Arash (2013 — "Oʻqish oʻyini", rejissyor Bahram Beyzay)
Performans
tahrirFiladelfiya, AQSh
tahrir2014: Mohsen Namju Al-Bustan Takht ansambli bilan Al-Bustan Seeds of Culture konsert seriyasi doirasida chiqish qildi[12].
Stokgolm, Shvetsiya
tahrir2020: Mohsen Namju Stokgolm simfonik orkestri bilan performans ijro etdi[13].
Yana qarang
tahrir- Fors anʼanaviy musiqa
- Eronda rok va muqobil musiqa
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedNYT-Fathi
- ↑ „Mohsen Namjoo Official Website | Mohsen Namjoo Music“. Mohsennamjoo.com. 2019-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedNeshat
- ↑ „Middle East Brown“. Middleeastbrown.org. 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
- ↑ „Shahram Shabpareh: Honesty and Minor Scale“. Middleeastbrown.org. 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
- ↑ „Archived copy“. 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-may.
- ↑ „When you are talking about Iranian fusion, what are you talking about?“. Middleeastbrown.org. 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
- ↑ „Archived copy“. 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
- ↑ „Archived copy“. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „'Iranian Bob Dylan' sentenced to five years for singing Qur'an“.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedNamjoo
- ↑ „Classical and Contemporary Persian and Arab Music“. Albustanseeds.org. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
- ↑ „Symphonic Odyssey 2020“. www.youtube.com. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.