Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi
(Moldova SSRdan yoʻnaltirildi)

Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi yoki Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi, Moldaviya SSR yoki Moldova SSR (rumincha: Republica Sovietică Socialistă Moldovenească; mold.: Република Советикэ Сочиалистэ Молдовеняскэ; ruscha: Молда́вская Сове́тская Социалисти́ческая Респу́блика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Sovet davrida chop etilgan oʻzbekcha manbalarda mamlakat nomi Moldaviya SSR deb yuritiladi.[1] Ayrim manbalarda esa Sovet Moldaviyasi deb berilgan.

1940–1991
Maqom Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940–1991)
Hukumat yetakchisi  
• 1940–1945
Tihon Konstantinov
• 1990–1991
Petru Pascari
Davlat boshchisi  
• 1989–1991
Mircea Snegur
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Ruminya Qirolligi
Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Moldova
Pridnestrovye Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Moldova
Andoza:Country data Pridnestrovye

Moldaviya SSR 1940-yilning 2-avgustida oʻsha yilning 28-iyunida Ruminiyadan anneksiya qilib olingan Bessarabiyaning ayrim hududlari hamda Ukraina SSR tarkibidagi Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining ayrim hududlarini birlashtirib tuzilgan.

Moldaviya SSR poytaxti Kishinyov shahri boʻlgan. Respublika 40 rayonga boʻlingan, 21 shahar, 47 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va Moldova Respublikasi deb qayta nomlandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.

Tarixi

tahrir
 
Ruminiya va Moldaviya SSRlari. 1940-yil sentabr.

Moldaviyada sinfiy jamiyat 9–11-asrlarda paydo boʻlgan. 12–14-asrlarda turli qabila ittifoqlari va davlat uyushmalari (skiflar, gotlar, hunnlar, Qadimiy rus davlati, Oltin Oʻrda va boshqalar) sistemasida, 14-asrda voloxlarning sharqiy slavyanlar bilan aloqasi natijasida moldavan elati tashkil topgan. 1359-yildan mustaqil Moldaviya knyazligi hukm sura boshlagan. 16–18-asrlarda Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostida boʻlgan, turklar zulmiga qarshi ozodlik harakatlari boshlangan.

18-asr oxiriga kelib Rossiya Dnestr davlatidan chap tomondagi yerlarni, 1812-yili esa Bessarabiyani qoʻshib olgan. Sovet hokimiyati 1917-yil (dekabr) – 1918-yil (yanvar)da oʻrnatilgan. 1918-yil yanvar-martida Ruminiya Bessarabiyani bosib olgan.

1924-yil 12-oktabrda Ukraina SSR tarkibida Moldaviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan. 1940-yil 28-iyunda Sovet Ittifoqi Bessarabiyani qaytarib olgan. 1940-yil 2-avgustda Moldaviya SSR tashkil topgan. Oʻsha yili Moldaviya Kommunistlar Partiyasi tuzilgan. 1941-yilda Moldaviya gitlerchi-fashist qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan. 1944-yil avgustda Qizil armiya fashistlarni siqib chiqargan.

1990-yilning 23-iyunida Moldaviya SSR suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi va Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 23-mayida Moldova Respublikasi deb qayta nomlandi. Oʻsha yili 27-avgust kuni oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda rasman tan oldi.

Manbalar

tahrir
  1. "Moldaviya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 531. 5-89890-002-0. 

Havolalar

tahrir