Monofizitlik (yunon tilida monos-bir, physis- tabiat, tabiiy) – Vizantiyada xristian dinidagi nestorian yoʻnalishiga qarshi 5-asrda vujudga kelgan diniy taʼlimot boʻlib, 428-431-yillarda Konstantinopol patriarxi Nestoriyning Iso Masix odam sifatida tugʻilib, keyinchalik u xudoning oʻgʻli, yaʼni messiyaga aylangan degan fikriga monofisitlar qarshi chiqib, ular Iso Masixda ikki tabiat, insoniylik va ilohiylik oʻzaro singib ketgan deb hisoblaydilar. Monofisitlik taʼlimoti Vizantiyaning sharqiy viloyatlari Misr, Suriya, Armaniston hududlarida tarqalib, siyosiy separatizm bayrogʻiga aylandi. Monofisitlar 451-yilda Xalkidon sobori tomonidan ayblanib, keyingi davrlarda armon, xabash, kopt yaʼni Misr va „yakovit“ yani Suriya cherkovlarida xukmron mavqega ega boʻldilar. Xristianlikdagi ortodoksal aqida va monofisitlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv natijasida 7-asrda Vizantiyada Monofelitlar taʼlimoti vujudga kelib, ularning fikriga koʻra Iso Masix ikki tabiatga ega boʻlgani bilan yagona erkka hamda xudoinsonlik quvvatiga ega edi deb hisoblanadi. Monofisitlik taʼsiri ostida Sharqqa ketishga majbur boʻlgan nestorianlar Eron, Markaziy Osiyodan Xitoygacha boʻlgan xududlarga tarqalib, 13-asrgacha bu yerlarda katta taʼsirga ega boʻldilar. Hozirgi davrda Eron, Iroq va Suriyada nestorian taʼlimotiga eʼtiqod qiluvchilar bor[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 302.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.