Monoplan (mono… va lotincha planum – tekislik) – bir qanotli samolyot. Qanoti yupqa va yassi boʻlgani uchun u tekislik deb atalgan. Qanotning fyuzelyajga nisbatan oʻrnatilish usuliga koʻra, Monoplan yuqoriplan, oʻrtaplan va pastplan kabi xillarga boʻlinadi. Monoplan yengil aviatsiya va sport aviatsiyasida qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Monoplan“,   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 6-jild (Miriy — Parxish). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet.