Montblanc – hashamatli tovarlar ishlab chiqaruvchisi va distribyutori. 1906-yilda Berlinda tashkil etilgan va hozirda Gamburg shahrida joylashgan. Kompaniya oʻzining hashamatli, premium sinfiga mansub ruchkalari bilan mashhur, shuningdek, sumkalar, turli-xil kichik charm buyumlar, atir va soatlar ishlab chiqarish bilan ham shugʻullanadi. 1993-yildan beri Montblanc Shveytsariyaning Richemont holdingi aʼzosi hisoblanadi[3].

Montblanc International GmbH
Sobiq nomi
  • Simplizissiumus-Füllhalter (1906-1907)
  • Simplo Filler Pen Co. GmbH (1907-1934)
Turi Shoʻba korxonasi
Tarmogʻi Hashamatli tovarlar
Egasi Richemont[1]
Qachon asos solingan 22-mart, 1906-yil (118 yil avval) (1906-03-22) Berlin, Germany
Rahbariyat Nicolas Baretzki (Bosh Ijrochi Direktor)[2]
Mahsulot(lar)i
  • Ruchkalar
  • sumkalar
  • charm tovarlar
  • soatlar
Aylanma daromadi €370.4 M (2017)
Vebsayti montblanc.com

Tarixi

tahrir

Gamburglik bankir Alfred Nehemias va Berlinlik muhandis Avgust Ebershteyn 1906-yilda oddiy ruchkalar ishlab chiqarishni boshlagan. Qisqa vaqt oʻtgach, Vilgelm Dziambor, Kristian Lozen va keyinchalik Klaus Yoxannes Voss biznesga egallik qilishni boshladi. Ularning birinchi modeli 1909-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, Rouge et Noir deb nomlangan, 1910-yilda esa ruchka Montblanc nomini olgan va keyinchalik kompaniya ham shu nom bilan atala boshlangan. Bugungi kunda Montblanc brendi ruchkalardan tashqari, soatlar, zargarlik buyumlari, atirlar, charm buyumlar va koʻzoynaklar kabi boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqaradi.

Kompaniya 1906-yilda Berlinda „Simplizissiumus-Füllhalter“ nomi bilan tashkil etilgan va 1907-yilda Gamburgga koʻchib oʻtgandan soʻng oʻz nomini „Simplo Filler Pen Co. MChJ“ ga oʻzgartirgan. Kompaniya 1934-yilda hozirgi nomini qabul qilgan[4].

Montblanc 1977-yilda Alfred Dunhill Ltd. tomonidan sotib olindi, shundan soʻng arzonroq narxdagi ruchkalar ishlab chiqarilishi toʻxtatildi va faqat premimum sinfiga mansub ruchkalar va boshqa hashamatli tovarlar keng miqyosda ishlab chiqarila boshlandi[5].

1993-yilda Montblanc Shveytsariyaning Richemont holdingiga aʼzo boʻldi[3]. Uning qardosh kompaniyalari qatoriga Cartier, Van Cleef & Arpels, Chloé va Baume et Mercier kabi hashamatli brendlar kiradi. Montblanc kompaniyasiga, Richemont holdingi orqali, janubiy afrikalik Rupert oilasi egalik qiladi.

Mahsulotlari

tahrir
 
Montblanc StarWalker ruchkasi

Montblanc oʻzining hashamatli ruchkalari bilan mashhur, shuningdek, sumkalar, turli-xil kichik charm buyumlar va soatlar ishlab chiqaradi. Meisterstück – bu kompaniyaning premimum ruchkalar seriyasi.

2019-yil noyabr oyida Montblanc cheklangan nashrdagi kapsula kolleksiyasi uchun The Webster bilan hamkorlikni boshladi[6][7].

2022-yilda kompaniya BAPE va Maison Kitsuné bilan hamkorlik qilishni boshladi. 2022-yilda Bosh ijrochi direktor Nikolas Baretzki Vogue Business nashriga charm buyumlari kompaniyaning eng katta toifalaridan biriga aylanishiga, hatto ruchkalarni ham ortda qoldirishiga ishonishini aytdi[8].

Suratlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Richemontʼs 2019 Interim Report now available online on Richemont.com, 15 Nov 2019
  2. „New CEO for Montblanc“, Prestige Magazine, 2016-11-24
  3. 3,0 3,1 „Montblanc – Handarbeit seit 1906“. Handelsblatt (2019-yil 13-noyabr).
  4. Forster. „Inside The Manufacture: Montblanc's Pen Factory And Museum In Hamburg“ (en). Hodinkee (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  5. „Penspotters :: Montblanc pens“. rickconner.net. 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  6. „Montblanc and The Webster celebrate the launch of their new, limited-edition collection“ (en). gothammag.com.
  7. „Montblanc And The Webster Celebrated A New Capsule Collection In NYC“ (en-US). Essence.
  8. Benissan. „Can Montblanc draw the in-crowd with leather goods and collabs?“ (en-US). Vogue Business (2022-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.

Havolalar

tahrir