Morgun sharsharasi — Eronning Koʻhgiluya va Buyir-Ahmad ustoni hamda Fors ustoni orasida, Morgun qishlogʻida joylashgan. Ushbu sharshara hajmi jihatidan mamlakatning eng katta sharsharalaridan biri hisoblanadi. Ushbu sharshara baland qoya toshlaridan bir nechta irmoqqa boʻlinib oqib tushadi. Sharshara nafaqat kattaligi, balki atrofidagi oʻrmonlari va daraxtzorlari bilan ham mashhurdir[1].

Manbalar

tahrir
  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 213-218-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.