Movlud Miraliyev

2004 yilda o'tkazilgan yozgi olimpiadada 5-o'rinni egallagan

Movlud Mustafo o'g'li Miraliev (ozarbayjoncha: Mövlud Mustafa oğlu Mirəliyev) - ozarbayjonlik sambist va dzyudochi, Ozarbayjon terma jamoasi a'zosi. 2008-yil Pekindagi o'yinlarning bronza medali sovrindori. Dzyudo bo'yicha 2003-yilgi jahon chempionatining bronza medali , sambo bo'yicha Yevropa va jahon chempionatlarining chempioni va sovrindori. 100 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan. Sambo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi va dzyudo bo'yicha sport ustasi.

Karyera

tahrir

1983-yildan sambo bilan shug'ullanadi, keyin dzyudoga o'tadi.

2008-yil,14-sentabr kuni Pekin Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 100 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib,Movlud Miraliyev bronza medalini qo'lga kiritdi Movlud birinchi uchrashuvda jazoirlik dzyudochi Gassan Azounni mag'lub etdi. Shundan so'ng u Gruziya vakili Levan Jorjoliani ustidan g'alaba qozondi.Chorak finalda esaruminiyalik Daniel Bratani mag'lub etdi. Ammo musobaqaning bo'lajak chempioni mo'g'ulistonlik dzyudochi Naydangiin TuvshinbayarMiraliyevning finalga chiqishiga to'sqinlik qildi. Uchinchi o‘rin uchun kurashda Movlud polshalik sportchi Przemislav Matiyajekni [1] mag‘lub etdi.

2014-yil sentyabr oyida Malaga(Ispaniya) shahrida dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi.

2016-yil boshida Miraliyev dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon terma jamoasini boshqargan.Uning terma jamoa bosh murabbiyi sifatidagi birinchi musobaqasi - Qozondagi Yevropa chempionati bo'ldi [2], uning jamoasi bitta oltin va bitta kumush medalni qo'lga kiritdi,shuningdek, jamoaviy musobaqada uchinchi o'rinni egalladi.

2016-yildagi Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida,Miraliyev boshchiligidagi Ozarbayjon terma jamoasi ikkita kumush medalini qoʻlga kiritdi [3] .

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir