Mozambikda Islom
Mozambikda islom Mozambikdagi uchinchi yirik dindir. 4 million kishi ushbu dinga mansub, bu ushbu mamlakat aholisining 17,9 foizini tashkil qiladi[1].
Tarixi
tahrirIslom Mozambikka VIII asr atrofida arab savdogarlari bilan kirib kelgan[2]. Islom Sharqiy Afrika qirgʻoqlari boʻylab savdo shaharlariga tarqaldi. X asrda Kilva sultonligi tashkil etilganidan beri Islom Mozambik qirgʻoq chizigʻining asosiy dini boʻlib kelgan. XV asrga kelib, sultonlik oʻz qudratining choʻqqisiga chiqdi va oʻz kuchini qitʼaning uzoq qismiga, Monomotapa hududigacha kengaytirdi. 1505-yilda Fransisko de Almeyda boshchiligidagi portugal qoʻshinlari Kilvani egallab olishdi. 1505-yilda Sofalada fort, 1508-yilda Mozambik orolida qal’a, 1530-yillarda Zambezi daryosi boʻyida Sena va Tete fortlarini qurdilar. 1558-yilda Hindistonga ketayotgan kemalarni toʻxtab oʻtishi uchun San-Sebastian forti tashkil etildi. 1572-yilgacha Portugaliyaning Sharqiy Afrika hududi Goa gubernatori tomonidan boshqarilgan. XVII asr oʻrtalarida ummon arablari Hind okeanining gʻarbiy qismidan portugallarni siqib chiqara boshladilar. Zanzibar sultonligida Ummon Al Saidlar sulolasi hukmronligi davrida Mozambik qirgʻoqlarining shimoliy qismi sulton mulkiga qoʻshib olindi. Sohil boʻyidagi shaharlar arab qul savdogarlarining Afrikaga bostirib borishlarida qal’aga aylandi. Mozambik musulmonlari dastlab soʻfiylar edi, ammo Ummon sulolasi kelgandan keyin ular ibodiylarning kuchli taʼsiriga tushdi. Taxminan 1600-yilda Monomotapada fuqarolar urushi boshlandi, urush davomida barcha musulmon savdogarlari Torvadan quvib chiqarildi. 1752-yilda Sharqiy Afrikadagi portugal mulklari rasman Mozambik mustamlakasi deb eʼlon qilindi. Mustamlaka davrida katoliklik Mozambikda hukmron dinga aylandi. Mustamlakachilar ozodlik harakatidan musulmonlar va dissidentlar oʻrtasida ittifoq boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun diniy guruhlar oʻrtasida ixtilof kiritdilar. Portugaliyada chinnigullar inqilobi sifatida tanilgan harbiy toʻntarishdan soʻng, Mozambik 1975-yil 25-iyunda mustaqillikka erishdi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, FRELIMO radikal soʻl siyosiy tashkiloti mamlakatdagi yagona siyosiy kuchga aylandi. FRELIMO Marksistlar umuman dinga dushman edi. Ular diniy taʼlim muassasalarini tarqatib yubordilar va ateizmni targʻib qila boshladilar. 1989-yilda sotsialistik davr tugaganidan soʻng musulmonlar oʻz eʼtiqodlarini erkin amalga oshirishlari va yangi masjidlar qurishlari mumkin edi. Shuningdek, parlamentga musulmon jamiyati vakillari saylandi. Quvayt tomonidan moliyalashtirilgan Afrika musulmonlari agentligi aʼzolari Mozambikda faol. Mozambik Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) faol aʼzosidir.
Manbalar
tahrir- ↑ „The World Factbook — Central Intelligence Agency“ (en). www.cia.gov. 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „Islam in Mozambique - Some Historical and Cultural Perspectives | Mozambique“ (en). Scribd.