Mozilla Foundation (qisqartmasi MF yoki MoFo) - Mozilla loyihasini qoʻllab – quvvatlash va boshqarish uchun ochilgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilot ishlab chiqish siyosatini, loyihaga muhim boʻlgan infrastrukturani ekspluatasiya qilishni, mahsulot belgilarini va oʻzga intelektual mulkni boshqaradi. Mozilla Foundation Mozilla Corporation kompaniyasiga tegishli, u koʻpgina Mozilla yaratuvchilarini ish bilan taʼminlaydi, Mozilla Firefox brauzeri va Mozilla Thunderbird sonlari chiqishi ustidan nazorat olib boradi. Mozilla Foundation bosh ofisi – Mauntin-Vyu (Kaliforniya shtati, AQSH) da joylashgan.

Mozilla Foundation
Turi notijorat tashkiloti
Xizmatlari Internet
Qachon asos solingan 15 iyul 2003
Joylashuvi Qoʻshma Shtatlar Mountain View, CA
Daromadi US$66.8 million (2006)
Aylanma daromadi 21 346 401, 28 388 184[1], 27 531 742[1] va 20 586 446[1]
Vebsayti www.mozilla.org

Mozilla Corporation

tahrir

3-avgust 2005-yilda Mozilla Foundation Mozilla Corporation kompaniyasini tashkil etdi, Mozilla Firefox va Mozilla Thunderbirdni yaratish va tarqatish boʻyicha oʻz vazifalarini kompaniyaga topshirdi. Mozilla Corporation sonlarni rejalashtirish, marketing va programma distributivi uchun javobgar hisoblanadi.

 
Mozilla Foundation va Mozilla Corporationning Muantin-Vyudagi ofisi

Moliyalashtirish

tahrir

Mozilla Foundationning asosiy moliyaviy manbasi erkin ehsonlar hisoblanadi. AOL 2 million dollar boshlangʻich mablagʻ kiritgan, Mitch Kapor esa 300 ming dollar ehson qilgan. Mozilla Foundation AQSh soliq kodeksiga binoan soliq toʻlovlaridan ozod etilgan. Mozilla Corporation esa soliq toʻlovchi hisoblanadi.

Shaxslar

tahrir

Mozilla Foundation direktorlar kengashi etti kishidan iborat :

Mozilla Foundation yana qoʻyidagi ishchilariga ham ega, ular proekt masalalari va strategik savollar bilan shugʻullanadi :

Boshqalar

tahrir

Mozilla Europe, Mozilla Japan va Mozilla China lar notijorat tashkilolar hisoblanadi, Mozilla loyihalari va mahsulotlarini rivojlantirish va tarqatish uchun yaratilgan.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)